Norin tayyorlash resepti
Norin shoxona taom bo’lib, o’zbek milliy taomlari orasida tayyorlanishi ancha murakkab bo’lgan taomdir. Asosan yilning sovuq fasllarida tayyorlanadi. Taomni ta’bga qarab mol yoki ot go’shtidan tayyorlash mumkin. Kerakli masalliqlar: 1. Go’sht — 1 kg. Go’sht suvda 1 soat davomida qaynatiladi. Pishgach, suvidan olib, sovutiladi. So’ng, mayda somoncha (kokil) shaklida to’g’raladi. Eslatma: Go’sht oldindan tuzlab, ziralab qo’yilsa yanada mazali bo’ladi. Yoqimli ishtaxa!Norin tayyorlash resepti
DO`STLARGA ULASHING:
Ushbu taom 8-10 kishilik.
2. Tuhum — 2 dona
3. Un — 1,5 kg
4. Yog’ — 150 gr.
5. Zira
6. Tuz
Un ichiga tuhum chaqib solinib, nomokob suvda o’rtacha qattiq hamir qorib, tindirib qo’yiladi. Tingan hamir o’rtacha yupqalikda yoyilib, to’rtburchak shaklida kosa kengligida kesib chiqiladi.
Bu bo’laklar sho’r suvda pishirib olinadi. Pishgan hamirlar suvdan olingach, issiqligida dasturhon ustiga yoyib quritiladi. Bunda hamirlar bir-biriga yopishib qolmasligi uchun issiqligida to’liq yoyishga harakat qiling. Ikki tomoni quritilgan hamirlar laganga bir hil tekislikda oralariga yog’ surilib, ustma-ust tahlanadi.
Tahlangan hamirdan uzun lentalar kesib olinib, mayda kokil qilib to’g’raladi.
To’g’ralgan go’sht va hamir zira bilan aralashtiriladi.
Taom dasturhonga alohida idishda go’sht qaynagan sho’rvasi bilan tortiladi.
Norin tayyorlash resepti