Norin tayyorlash resepti to’liq malumot oling
Norin shoxona taom bo’lib, o’zbek milliy taomlari orasida tayyorlanishi ancha murakkab bo’lgan taomdir. Asosan yilning sovuq fasllarida tayyorlanadi. Taomni ta’bga qarab mol yoki ot go’shtidan tayyorlash mumkin.
Ushbu taom 8-10 kishilik.
Norin tayyorlash resepti
Kerakli masalliqlar:
1. Go’sht — 1 kg.
2. Tuhum — 2 dona
3. Un — 1,5 kg
4. Yog’ — 150 gr.
5. Zira
6. Tuz


Tayyorlanishi:
Go’sht suvda 1 soat davomida qaynatiladi. Pishgach, suvidan olib, sovutiladi. So’ng, mayda somoncha (kokil) shaklida to’g’raladi.


Un ichiga tuhum chaqib solinib, nomokob suvda o’rtacha qattiq hamir qorib, tindirib qo’yiladi. Tingan hamir o’rtacha yupqalikda yoyilib, to’rtburchak shaklida kosa kengligida kesib chiqiladi.


Bu bo’laklar sho’r suvda pishirib olinadi. Pishgan hamirlar suvdan olingach, issiqligida dasturhon ustiga yoyib quritiladi. Bunda hamirlar bir-biriga yopishib qolmasligi uchun issiqligida to’liq yoyishga harakat qiling. Ikki tomoni quritilgan hamirlar laganga bir hil tekislikda oralariga yog’ surilib, ustma-ust tahlanadi.


Tahlangan hamirdan uzun lentalar kesib olinib, mayda kokil qilib to’g’raladi.


To’g’ralgan go’sht va hamir zira bilan aralashtiriladi.

Taom dasturhonga alohida idishda go’sht qaynagan sho’rvasi bilan tortiladi.
Eslatma: Go’sht oldindan tuzlab, ziralab qo’yilsa yanada mazali bo’ladi.
Yoqimli ishtaxa!
Pazanda
Norin tayyorlash resepti