NORDIZM

NORDIZM

NORDIZM (nem. Nord — shimol) – irkchilik koʻrinishlaridan biri. Nordizm gʻayriilmiy nazariya boʻlib, uning asosida shim. (nord) yoki «ariy» irqi inso-niyatning boshqa irqlaridan ustun ekanligi haqidagi daʼvo yotadi. Nordizm asoschilari fransuz sotsiologlari J. A. Go-bino va J. V. Lapuj hisoblanadi. Nordizm maddoxlari shim. va «german» irklarini teng qoʻygan, german irqini «oliy» irq hisoblab, sivilizatsiyaning barcha yutuqlari uchun insoniyat «oliy» irqdan minnatdor boʻlishi kerak, deb daʼvo qilgan. Germaniya fashizmi na-zariyotchilari Nordizmni oʻz rasmiy mafkurasiga aylantirgan edi.

Ensiklopediya.uz
NORDIZM