NORDENSHELD ARXIPELAGI

NORDENSHELD ARXIPELAGI

NORDENSHELD ARXIPELAGI — Kara dengizining jan.-sharqiy qismidagi orollar (RF). Gʻarbdan sharqqa 93 km choʻzilgan. 5 guruhga boʻlingan 90 oroldan tarkib topgan. Eng shim. va eng yirik oroli Rus o. li boʻlib, uz. 38 km, eni 14 km. Orollar, asosan, otqindi jinslardan tarkib topgan. Nordensheld arxipelagi 20-a. ning 30-y. lari oʻrganilgan. Nordensheld arxipelagi shved qutbshunosi N. A. Nordensheld (1832 — 1901) nomi bilan atalgan.

Ensiklopediya.uz
NORDENSHELD ARXIPELAGI