NORADRENALIN

NORADRENALIN

NORADRENALIN, norepinef rin, arterenol, aminoetanol-pirokatexin — buyrak usti bezi miya moddasi gormoni; nerv sis-temasi mediatori (q. Mediatorlar). Kimyoviy tuzilishiga koʻra, katexola-minlarga mansub. Noradrenalin adrenalin analogi va organizmda uning oʻtmishdoshi hisoblanadi. U, asosan, simpatik nerv sistemasining (q. Vegetativ nerv sistemasi) adrenergik neyronlaridan ajraladi va mediator vazifasini oʻtaydi. Noradrenalinning qondagi miqdori nerv sistemasi holatining (tonusi va reaktivligi) koʻrsatkichi boʻlishi mumkin. Noradrenalin tibbiyot amaliyotida qon bosimi pasayganda, shok, qon yoʻqotish bilan bogʻliq holatlarda qoʻllanadi. Noradrenalin sintez yoʻli bilan olinadi.

Ensiklopediya.uz
NORADRENALIN