Nokning siz bilmagan foydali xususiyatlari
Shirin, xushboʼy va ogʼizda erib ketadigan nokning totli taʼmini bilmaydigan odamning oʼzi yoʼq, shunday emasmi? Tabiatning noyob bu mevasini koʼrgan kishi yemasdan oldidan oʼtib ketolmasligi ham rost. Uni yoqtirmaydiganlarning oʼzi boʼlmasa kerak. Nokning 5000dan ortiq navlari boʼlib, u dunyodagi barcha mamlakatlarda oʼsadi. Nok shirin meva boʼlibgina qolmasdan, balki uning talaygina shifobaxsh xususiyatlari ham bor. Bir soʼz bilan aytganda u ham toʼydiradi, ham davolaydi.
Mavzu davomida
Nokning tinchlantruvchi va kayfiytni ko’taruvchi xususiyati
Sharq tabiblari nokning juda koʼp shifobaxsh xususiyatlarini aniqlashgan. U tetiklashtiradi, charchoq va zoʼriqishni yoʼqotadi. Kayfiyatni koʼtarib, xushkayfiyat bagʼishlaydi.
Bu esa bemor uchun eng zarur boʼlgan dori-darmondir. Аna shu koʼtarinki ruh, sogʼayishga boʼlgan ishtiyoq moʼʼjizalar yaratib, inson tanasining dardlar bilan kurashishiga yordam beradi.
Nokning hidi nihoyatda xushboʼy boʼlgan navlari taxikardiyadan aziyat chekkan bemorlar uchun foydali. Shuningdek, nok yurak tez urganda meʼyorlashtirib, yurak mushaklari toʼqimalarini mustahkamlab, tinchlantiradi.Tabiblarning taʼkidlashicha pishirilgan nok tanani tozalab, kuch-quvvat bagʼishlaydi.
Chindan ham odamlar nok vositasida qadim zamonlardan boshlab davolanib kelishgan. Nok sharbati, mevalari va barglaridan tayyorlangan damlama bilan harorat koʼtarilganda chanqoqni bosishgan, shuningdek bezgakni ham davolashgan. Bu meva shamollashga qarshi kuchli vosita hisoblanadi. Nokning tarkibida juda koʼp fenol qoʼshimchalari boʼlib, ular oʼz navbatida qon tomirlarini mustahkamlaydi. Rivojlanayotgan xotira susayishining (ateroskleroz) oldini oladi. Yangi uzib olingan, qaynatilgan va pishirilgan nok mevasi oʼpkaga oid barcha xastaliklarni davolaydi. Bronxit, sil (tuberkulyoz), boʼgʼma va kuchli yoʼtalda isteʼmol qilinsa nafi koʼp.

Nok hazm qilish sistemasini yaxshilaydi
Bitirish xususiyatiga ega boʼlgani uchun nok oshqozon-ichak, ovqat hazm qilish tizimi xastaliklarini davolashda, parhezda tavsiya etiladi. Chunki uning tarkibidagi dubil moddalar ovqatni hazm qilish uchun zarurdir. Nokning bu shifobaxsh xususiyatlari uchun odamlar uni jiddiy xastaliklar, yaʼni qoʼziqorindan va ovqatdan zaharlanganda ham qoʼllashadi. Oqsilning koʼpligi ichaklar faoliyatini tezlashtiradi, ichni meʼyoriga keltiradi. Shuning uchun nokni koʼproq va muntazam isteʼmol etish maqsadga muvofiqdir. U ichaklarga hech qachon zarar keltirmaydi. Shuni unutmaslik kerakki, nokni hech qachon och qoringa yeyish mumkin emas. Iloji boʼlsa nokni boshqa ovqatlardan alohida yegan maʼqul.
Qizigʼi shundaki, nokning hali yetilmagan xom mevasini, hatto, qand kasali bilan ogʼrigan bemorlar ham bemalol yeyishlari mumkin ekan. Yangi uzib olingan nok olmadan shirinroq boʼlsa-da, tarkibida qand moddasi juda oz miqdorda boʼladi. Bu esa uning tarkibida organik moddalarning juda kamligidan darak beradi. Mikroelementlarga boy boʼlgani va modda almashtirish jarayonini faollashtirgani uchun nok koʼproq parhez meva ham hisoblanadi.
Аyniqsa undan tayyorlangan kompot, sharbat va damlamalarga shakar aralashtirmasdan ichgan foydaliroq. Shu bois ozishni istaganlar nokdan istagancha isteʼmol qilishlari va kompotidan ichishlari mumkin.
Foydali Maslahatlar, Salomatlik, Salomatlik sirlari
Nokning siz bilmagan foydali xususiyatlari