NOK

NOK

NOK (Pyrus) — raʼnoguldoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi daraxtlar yoki butalar turkumi, mevali daraxt. Yevrosiyoning moʻtadil va subtropik min-taqalari (Sharqiy va Kichik Osiyo, Kavkaz, Jan. Yevropa)da 60 ga yaqin turi uchraydi. Oʻrta Osiyo, Rossiyaning janubi, Uzoq Sharq, Ukraina, Belorussiya, Boltiqboʻyi, Moldaviyada 40 ga yaqin turi oʻsadi. Nok qadimiy madaniy oʻsimlik. Dastlab Eron va Armanistonda madaniylashtirilgan degan taxminlar bor. Yevropa mamlakatlari, Amerikaning moʻtadil iklimli hududlari (ay-niqsa, AQSH)da, Afrika, Avstraliya, Jan. Sharqiy Osiyoda koʻp ekiladi. Dunyo boʻyicha urugʻli mevalilar ichida (ekilgan maydoni jihatidan olmadan keyin) 2-oʻrinda turadi. Xitoy, Italiya, AQSH, Ispaniya, Turkiyada nokzorlar koʻp. Nokning madaniy navlari oddiy Nok yoki oʻrmon N. i (P. communis), qor N. (R. nivalis), Buasye Noki (P. boissieriana), Korjinskiy N. i (P. korshinskyi), qumokdi yoki kechki Nok (P. serotina), yc-suriya Noki (P. ussuriensis) va b. turlarga mansub. Nokning oddiy yoki urmon Nok turi keng tarqalgan. Oʻzbekistonda Korjinskiy noki murut, olmurut (R. Korshinskyi Litv.); turkman noki (R. turcmanica Maleg.) togʻ yon bagʻirlarida yovvoyi qolda oʻsadi. Nok daraxti 50—300-yilgacha yashaydi, buyi 15—20 m ga yeta-di; shox-shabbasi ixcham, piramida shaklida. Nok yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka va sovuqqa oʻrtacha chidamli. Nok qumli, shoʻrlangan yerlardan boshqa hamma joyda yaxshi oʻsadi. Ildizi kam tarmokli oʻq ildiz, asosiy qismi tuproqning 20—80 sm qatlamida joylashadi. Barglari tuxumsimon, tuksiz, yashil, yaltiroq, cheti arra tishli. Gullari oq, baʼzan pushti yoki kizil. Mevasi turli shaklda, vazni 25—300 g, baʼzan 500 — 700 g, rangi sariq, yashil, pushti, zar-gʻaldoq va b. Mevasi yangiligida yeyila-di, qoqi, jem, kompot, murabbo qilinadi. Tarkibida oʻrtacha 80% suv, 10,4% kand, 0,3% organik kislotalar, 0,03% oshlovchi moddalar, 2,6% kletchatka, 0,4% azotli moddalar, V, S vitaminlari, A provitamini bor. Asalshirali daraxt, ayrim turlari yogʻochidan musiqa asboblari yasaladi.

Ensiklopediya.uz
NOK