Nodiraning umr yóli
Nodiraning umr yóli
DO`STLARGA ULASHING:
Reja:
1.Nodiraning umr yóli
2. Mohlaroyimning ijodiy mеrosi;3. Mohlaroyim shе’riyatining g’oyaviy xususiyatlari;
4. Sheʼriy mahorat qirralari
Nodira davlat va mamlakat ishlarini tadbir va adolat bilan idora qilishda homiylik namunalarini koʻrsatarkan, bu yillarda mamlakatda nisbiy osoyishtalik saqlandi. Qoʻshni oʻlkalar va ularning hukmdorlari bilan savdo-sotiq va boshqa
sohalarda kelishuvlar amalga oshirildi. Nodiraning mamlakatdagi qurilishlar sohasidagi olib borgan ishlari, madaniyat va adabiyot borasida koʻrsatgan
tashabbuskorliklari shoira devonining debochasida taʼkidlab oʻtilgan.Shoira keltirgan bu maʼlumotlarni uning zamondoshlari Nodir, Xotif va Mushrif kabi tazkira va tarix asarlarining mualliflari toʻldiradilar va tasdiq etadilar.
Shoir Nodir Moxlaroyimga bagʻishlab yozgan “Haft gulshan” dostonida uni olimlarga, fozillarga ahamiyat bergani, isteʼdodli shoirlarni ijodga tashviq etgani,
ayniqsa, xotin qizlardan chiqqan shoira va fozilalarni oʻz himoyasiga olgani haqida gapiradi. Oʻsha davrda yashagan qozi Abdunabi Xotifning Nodira haqidagi
xotiralari va shoiraning hayoti hamda ijtimoiy faolyatiga bagʻishlangan, ammo
tamomlanmay qolgan voqeband dostonida shoiraning ilmiy va ijtimoiy faoliyatini
ishonarli dalillar bilan koʻrsatishga harakat qiladi. Xotif “Asar yozishdan maqsadim
Nodiraning oqila, fahmli, ilm va soʻzning qadriga yetadigan donishmand ayol
ekanligini koʻrsatishdir”, deydi. Nodiraning madaniyat va adabiyot homiysi
sifatidagi sarvarligi alohida taʼkidlanadi: “Umarxon vafotidan soʻng, – deb yozadi.
Shoiraning yuqorida soʻz borayotgan devonlari qoʻlyozmalarini koʻzdan kechirar ekanmiz, ularda Sharq adabiyoti, xususan, oʻzbek adabiyotining tematikasi, janr xususiyatlariga xos boy manzarani koʻramiz. Ayni paytda Mohlaroyim oʻtmishning teran anʼanalaridan bahramand boʻlib yaratgan gʻoyaviy va badiiy yetuk asarlari alohida diqqatga sazovordir.
Nodiraning umr yóli