NOBEL MUKOFOTLARI

NOBEL MUKOFOTLARI

NOBEL MUKOFOTLARI — har yili buyuk ishlar uchun beriladigan xalqaro mukofot. Taʼsis etuvchisi A. B. Nobelning (k,. Nobellar) vasiyatiga koʻra, undan keyin qolgan mablagʻ asosida Nobel jamgʻarmasi tashkil etildi; shu jamgʻarmaga har yili kelib tushadigan daromad 5 qismga teng boʻlinib, irqi, millati, jinsi va dinidan qatʼi nazar, fizika, kimyo, fiziologiya yoki tibbiyot sohasidagi kashfiyotlar, badiiy asarlar, xalqlar doʻstligi va tinchlikni mustahkamlash yoʻlida koʻrsatilgan faoliyat uchun beriladi (1968-y. da Shvetsiya davlat banki oʻzining 300-yilligi munosabati bilan iqtisod fanlari sohasidagi yutuqlar uchun beriladigan qoʻshimcha Nobel mukofotini taʼsis etgan).

Ensiklopediya.uz
NOBEL MUKOFOTLARI