NIYOZBEKQALʼA

NIYOZBEKQALʼA

NIYOZBEKQALʼAChirchiq daryosining oʻng qirgʻogʻidagi qalʼa xarobasi. Toshkent va uning atrofini suv bilan taʼminlovchi qad. irrigatsiya inshooti — Boʻzsuvni dushmandan himoya qilish uchun qurilgan. Niyozbekqalʼani 1935-y. da V. D. Jukov tekshirgan, lekin arxeologik qazish oʻtkazilmagan. Qalʼa toʻgʻri toʻrtburchak shaklida boʻlib, 2 m balandlikdagi koʻtarma xandaq bilan oʻralgan. Niyozbekqalʼaning ustki qismidan Qoʻqon xonligi (19-a.) davriga oid materiallar topildi. General M. G. Chernyayev boshchiligidagi podsho qoʻshinlari Toshkent sh. ni qamal qilgan payt (1865)da xa-robaga aylantirilgan.

Ensiklopediya.uz
NIYOZBEKQALʼA