Nistagm kasalligi haqida malumot
Nistagm – ko‘z soqqasining bir tomonlama tebranma harakat qilishi. Bu kasallik bemor muvozanat a’zosining shikastlanishi yoki faoliyati buzilishi natijasida paydo bo‘ladi. Kasallik tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi. Nistagm bemorda quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘ladi, ba’zan bu holat bemorning o‘ziga umuman sezilmasligi mumkin.
Array ( [title] => [pic] => [list_link] => )
Diagnostika va muolajalar
- Ko‘z soqqasining bir tomonga qarab ritmik harakatlanishi (ayniqsa, biror narsani kuzatayitganda);
- Bosh aylanishi, atrofdagi narsalar aylanayotgandek ko‘rinishi, oyoqda tik tura olmaslik;
- Ko‘ngil aynishi.
Bundan tashqari nistagm belgilariga kirmaydigan, lekin u bilan birga kechuvchi holatlar ham bemorda nistagm borligidan dalolat berishi mumkin.
- Eshitishning pasayishi;
- Harakat muvozanatining buzilishi;
- Tana mushaklari tonusining pasayishi;
- G‘ilaylik, ko‘z oldidagi narsalarning ikkita bo‘lib ko‘rinishi.
Nistagm kasalligi kelib chiqishi sabablari
Nistagmga sabab sifatida mutahassislar quyidagi omillarni ko‘rsatishadi:
- Bosh miya kasalliklari;
- Miyada qon aylanishining kuchli buzilishi;
- Bosh miya o‘simtasi;
- Miya-bosh suyagi jarohatlanishi;
- Muvozanat a’zo kasalliklari;
- Uyqu dori yoki psixiatrop preparatlardan zaharlanish;
- Ko‘rish qobilyatining keskin kamayib ketishi.
Kasallikni oftalmolog kasallikning sabablaridan kelib chiqqan holda turli choralar ko‘rish orqali bartaraf etadi. Masalan, dorilardan zaharlanish nistagmga sabab bo‘layotgan bo‘lsa, ularni bekor qilish; ko‘rish qobilyatining sustlashgani sabab bo‘layotgan bo‘lsa, uni ko‘zoynak yoki linzalar bilan korreksiyalash amalga oshiriladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: G‘ilaylik (strabizm) kasalligi haqida
Array ( [title] => [pic] => [list_link] => )
Diagnostika va muolajalar
Kasalliklar
Nistagm kasalligi