Nikohni bekor qilish uchun qancha boj to’lanadi?
Savol: Man xotinim bilan ajrashmoqchiman. Sud mendan eng kam ish haqining 100 baravarida boj to’lashimni aytdi. Shu to’g’rimi? Javob: Davlat boji Stavkalarining 1-bandi “v” kichik bandiga ko’ra, nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida; takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan eng kam ish haqining 120 foizi miqdorida; nikoh bekor qilinayotganda mol-mulk bo‘lingan holda boj 1-bandning “a” kichik bandiga muvofiq da’vo bahosi bo‘yicha belgilanadi. 1 –bandning “a” kichik bandiga ko’ra esa, da’vo bahosi eng kam ish haqining: 20 baravarigacha bo‘lganda da’vo bahosining 5 foizi miqdorida; 20 dan 40 baravarigacha bo‘lganda da’vo bahosining 10 foizi miqdorida; 40 dan 80 baravarigacha bo‘lganda da’vo bahosining 15 foizi miqdorida; 80 baravaridan ko‘p bo‘lganda da’vo bahosining 20 foizi miqdorida to’lanadi. Demak, nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizangizda er-xotin o’rtasidagi mol-mulkni bo’lish to’g’risida nizo mavjud bo’lmasa, eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida davlat boji to’lashingiz talab etiladi. Da’vo arizangizda er-xotin o’rtasidagi mol-mulkni bo’lish to’g’risida nizo mavjud bo’lsa, 1-bandning “a” kichik bandida ko’rsatilgani kabi siz da’vo qilayotgan mol-mulkning bahosiga qarab to’lashingiz lozim bo’lgan davlat bojining miqdori o’zgarib boradi.Nikohni bekor qilish uchun qancha boj to’lanadi?
DO`STLARGA ULASHING:
Nikohni bekor qilish uchun qancha boj to’lanadi?