NIGER
NIGER — Gʻarbiy Afrikadagi dare, Gvineya, Mali, Niger va Nigeriya hududlaridan oqadi. Uz. 4160 km, havzasining mayd. 2092 ming km2. Kattaligi jihatidan Afrikada Nil va Kongo daryolaridan keyin 3-oʻrinda turadi. LeonLiberiya qirlaridan Joliba nomi bilan boshlanib, yuqori qismida togʻlar orasidagi tor vodiylardan, soʻngra Sudan tekisliklaridan oqadi. Tekislikda koʻplab tarmoq va oʻzanlarga boʻlinadi, Tombuktu sh. yaqinida ular yana yagona oʻzanga birlashadi. Quyi oqimida keng vodiydan oqib, delta hosil qilib (mayd. 24 ming km2) Atlantika okeanining Gvineya qoʻltigʻiga quyiladi. Yirik irmoqlari: oʻngdan — Bani, Milo, chapdan — Sokoto, Kaduna, Benue. Iyun — okt. da, quyi oqimida fev. —apr. da sersuv buladi. Dare yozgi musson yomgʻirlaridan suv oladi. Yillik oʻrtacha suv sarfi 9300 m3/sek. (maksimal 35 ming m3/sek). Dare yiliga 300 km3 suv, 67 mln. t loyqa keltiradi. Ayrim qismida kema qatnaydi, GES kurilgan. Baliq ovlanadi. Niger sohilida Kurusa, Bamako, Tombuktu, Niamey, Jobba, PortXarkort sh. lari joylashgan.
Ensiklopediya.uz
NIGER