NEYTRONOGRAFIYA

NEYTRONOGRAFIYA

NEYTRONOGRAFIYA (neytron va …grafiya) — neytronlarning sochilishi asosida molekula, suyuklik va kristallarning tuzilishini oʻrganish usuli. Kristallarning atom va magnit tuzilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar neytronlar difraksiyasini kuzatishdan, molekula va kristalldagi atomlarning issiqlik tebranishlari haqidagi maʼlumotlar esa neytronlarning sochilishini kuzatishdan olinadi. Neytronlar elektr zaryadsiz zarra boʻlganligi tufayli ularning moddalarda sochilishi rentgen nurlari va elektronlarga nisbatan boshqacharoq boʻladi. Magnitlanuvchi moddalar Neytronografiya sini maxsus boʻlim — magnit Neytronografiyasi oʻrganadi. Baʼzi hollarda Neytronografiya rentgenografiya va b. usullarga nisbatan sa-maraliroq natija beradi. Mac, H. yoʻli bilan yengil va ogʻir elementlardan tashkil topgan kristallardagi vodorod va b. yengil element atomlarining oʻrnini bevosita lash mumkin. Neytronografiya sohasiga oid dastlabki ishlar (1946—48) E. Fermi nomi bilan bogʻliq boʻlib, uning asosiy yoʻnalishlari amerikalik olimlar E. Uollan va K. Shall tomonidan yoritilgan (1948).

Ensiklopediya.uz
NEYTRONOGRAFIYA