NEYROMIDIN tabletkasi to’liq malumot oling
#Нейромидин таблеткаси
💊DORI SHAKLI 👇
Tabletka
💊TARKIBI 👇
Ipidakrin gidroxlorid moddasi — 20 mg dozada.
💊TA’SIRIGA KO’RA 👇
Xolinesteraz ingibitori hisoblanib , nerv kasalliklarida qo’llaniladi.
💊QO’LLANILISHI 👇
— Periferik nerv sistemasi kasalliklarida nevrit , polinevrit va polinevropatiyalarda , miasteniyada buyuriladi.
— Markaziy nerv sistemasi kasalliklarida va bu kasalliklardan tuzalish davrida qabul qilish mumkin.
— Ichaklarning atoniyasida , ya’ni ichaklarning nerv sistemasi ta’siri ostidagi harakatlanish funksiyasining pasayishida yoki umuman yo’qolishida buyuriladi.
— Nerv kasalliklarida qabul qilish buyuriladi.
— Nerv-mushak oʻtkazuvchanligini tiklaydi va ragʻbatlantiradi.
— Periferik nerv tizimida turli omillar taʼsiri oqibatida (jarohat, yalligʻlanish, mahalliy anestetiklar, ayrim antibiotiklar, kaliy xloridi va boshqalarning taʼsiri) buzilgan impulslarning oʻtkazilishini tiklaydi.
— Barcha agonistlar taʼsirida, kaliy xlorididan tashqari, silliq mushakli aʼzolarda qisqaruvchanlikni kuchaytiradi.
— Alohida sedativ vositalari bilan majmuada markaziy nerv tizimini oʻrtacha ragʻbatlantiradi.
— Xotirani yaxshilaydi .
💊QO’LLASH USULI VA DOZASI 👇
Preparat kuniga yarim yoki 1 tabletkadan 2 — 3 mahal qabul qilish mumkin. Ovqatdan keyin.
Qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahat qiling. Qabul qilish dozasiga o’zgartirish kiritish mumkin.
🚫NOJO’YA TA’SIRI 👇
— Qorin sohasida og’riq va ko’ngil aynish xolatlari.
— Bronxlarning sekret ajratishi kuchayishi va bronxospazm kuzatilishi mumkin.
— Sudorgi holati kuzatilishi mumkin.
— Holsizlik va bosh ogrigi holati.
— Holsizlik va ishtaha pasayishi.
❌QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR 👇
— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda mumkin emas.
— Epilepsiya ( tutqanoq ) kasalligi bor kishilarda mumkin emas.
— Stenokardiya , bradikardiyada va bronxial astma kasalligida mumkin emas.
— Oshqozon va 12 barmoq ichaklar yara kasalligida mumkin emas.
— Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas.
— yosh bolalarda va 18 yoshgacha bo’lgan bolalarda mumkin emas.
🔰ADMIN MASLAHATI 👇
💥Preparatni epilepsiyasi bor bemorlarga qo’llash mumkin emas.
💥Neyromidinni bronxial astmasi bor bemorlarga va bronxial astmadan tuzalish davrida mumkin emas. Chunki neyromidin bronxlar sekretsiyasini oshiradi va bronxlarni qisqartiradi , ya’ni bronxospazm chaqiradi.
💥Qabul qilishda dozasi oshib ketsa , yoki juda uzoq vaqt qabul qilinsa ham preparat qon bosimini tushirish xususiyatiga ega. Shu sabab qon bosim past holatlarda qabul qilish kerakmas.
💥Qabul qilish dozasi oshib ketsa holsizlik , ishtaha pasayishi ham kuzatiladi.
💥Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas. Sababi muhim bir ma’lumot sifatida aytib o’taman . Neyromidin preparati bachadonni qisqartirish va tonusini oshirish xususiyatiga ega. Shu sabab bachadonni qisqarishini kuchaytiradi va muddatidan oldin homila tushishi kabi noxush xolatlar kuzatilishi mumkin ( esda saqlang ).
💥Bolalarga qo’llashda shifokor maslahati bilan .
💉Qo’llash — retsept bilan albatta
💉Ishlab chiqaruvchi — Latviya
@FARMAKOLOGIYA_TTA
@KANAL_MUNDARIJASI
,, ТАБЛЕТКА » kanali
Dorixona
NEYROMIDIN tabletkasi