NEYRODERMIT
NEYRODERMIT (neyro… va yun. derma — teri) — terining nerv-allergik ka-salligi. Qattiq qichishish, tugunchali toshmalar — papulalar toshishi, zararlangan soha terisining qalin tortishi b-n kechadi. Neyrodermitga, asosan, nerv sistemasining funksional oʻzgarishlari, irsiy omillari, meʼda-ichak kasalliklari, ichki sekretsiya bezlari fao-liyati hamda moddalar almashinuvining buzilishi va h. k. sabab boʻladi. Neyrodermitning cheklangan, diffuz (tarqoq) va atipik shakllari bor.
Ensiklopediya.uz
Neyrodermit