New Shepard birinchi suborbital boshqariluvchi parvozni amalga oshirdi to’liq malumot oling
Xususiy kosmik kompaniya Blue Origin 20-iyul 2021-yil qayta ishlatiladigan New Shepard tizimining birinchi suborbital parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Ochiq fazoga toʻrt nafar sayyoh yo‘l olgan bo‘lib, ular orasida kompaniya asoschisi Jeff Bezos hamda dunyodagi eng yosh va eng keksa astronavtlar boʻlgan. Parvoz jarayoni YouTube platformasi orqali namoyish etildi.
Blue Origin 2006-yildan beri New Shepard tizimi ustida ish olib boradi. U suborbital sayyohlik parvozlari uchun moʻljallangan boʻlib, parvoz davomida yoʻlovchilar Karman chizigʻidan tashqariga — 100 kilometrdan ortiq balandlikka koʻtariladi. Bu ularning ochiq fazoda boʻlishini anglatadi. Tizim qayta foydalanish mumkin boʻlgan tarzda joylashtirilgan bir bosqichli raketa va olti oʻrinli yoʻlovchi kapsulasidan iborat. Parvoz toʻlaligicha avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Kompaniya tizimni allaqachon oʻn beshta sinov parvozi davomida tekshirib koʻrgan va favqulodda qutqaruv, aniq qoʻnish tizimini nazoratdan oʻtkazgan. Sahifamizda parvozlar tafsiloti va kompaniyaning kelajagi haqida batafsil maʼlumot berganmiz.
Yangi NS-16 parvozi doirasida NS-4 tizimining toʻrtinchi avlodi oʻzining insonlar bilan dastlabki parvozini amalga oshirdi. Fazoga Blue Origin asoschisi Jeff Bezos, ukasi Mark Bezos, 1961-yilda ayol astronavtlar dasturida (dastur “Merkuriy-13” nomi bilan tanilgan) qatnashish uchun tanlab olingan, lekin hech qachon ochiq fazoga chiqmagan 82 yoshli Uolli Fank, shuningdek, sayohatini niderlandiyalik milliarder, Somerset Kepital Partners kompaniyasi asoschisi boʻlgan, otasi moliyalashtirgan 18 yoshli talaba Oliver Deyemen uchdi. Shunday qilib, parvoz natijasida dunyoning eng yosh va eng keksa astronavtlari paydo boʻldi.
Parvoz 2021-yilning 20-iyul kuni amalga oshirildi va taxminan 11 daqiqa davom etdi. Dastlab raketa vertikal ravishda yuqoriga koʻtarildi va tezlik oldi. Uch daqiqadan soʻng kapsula undan ajralib chiqdi. U inersiya bilan balandlikka koʻtarilishda davom etdi va Karman chizigʻini kesib oʻtdi. Yoʻlovchilar esa 3–4 daqiqa davomida vaznsizlikni his qilishga muvaffaq boʻldi. Keyin raketa parvoz boshlangan maydondan uch kilometr uzoqlikdagi platformaga qoʻndi, kapsula esa uchta parashyut yordamida yumshoq qoʻnishni amalga oshirdi.
Muallif: Aleksandr Voytyuk.Ushbu maqola nplus1.ru saytidagi “New Shepard совершил первый суборбитальный пилотируемый полет” nomli maqolaning tarjimasi.
Muqova surat: wikipedia.org
Boshqa mavzular
New Shepard birinchi suborbital boshqariluvchi parvozni amalga oshirdi