Nevropatolog maslahatlari

Nevropatolog maslahatlari
nevropatolog maslahatlari 65cac13d8c2ae

94f2a7fc28fbd7b4fa181

Nevropatolog maslahatlari

DO`STLARGA ULASHING:

Nevropatolog maslahatlari

❓1. Bolaning asabi buziladimi?

✅Ha, buziladi. Buni ota-ona to’g’ri qabul qilishi kerak.

❓2. Bosh miya ichki bosimi nima degani?

✅Bosh miya ichida qorinchalar mavjud bo’lib atrofida suyuqlik bor. Har xil sabablarga ko’ra (shikkast, infeksiya) shu suyuqlik miqdori oshadi, natijada bosh miya bosimi oshadi. Shunda bolada ko’p yig’lash, boshini orqaga tashlash va bezotalik ko’p kuzatiladi.

❓3. Muddatidan oldin chala tug’ilgan bolada asab tizimida muammo bo’lishi 100%mi?

✅Muammolar yuzaga kelishi 100% bo’lmasa ham nevrologik o’zgarishlar yuzaga kelishi aniq. Bu asosan bosh miyaning gipoksiyasi bilan bog’liq holatlar — bolaning mushaklarini bo’shligi, sut emishini sustligi va hokazo.

❓4. Chillalik chaqaloqning qattiq yig’lashini sababi asab tizimidagi muammo bo’lishi mumkinmi?

✅Chillalik chaqaloqning yig’lashi sababi bo’lib bosh miya bosimining oshishi, ichi buzilishi, sut yetishmayotgani va teri kasalliklari bo’lishi mumkin.

❓5. Bir yoshgacha bo’lgan bolaning ko’p yig’lashiga nima sabab bo’lishi mumkin?

✅Nevrologik tomondan bosh miya bosimining oshishi sabab bo’lishi mumkin.

❓6. Chaqaloq boshini qaysi davrdan boshlab ushlay olishi kerak?

✅Normada chaqaloq 2 oyligidan boshlab boshini ushlay oladi.

❓7. Chaqaloq oyoqlariga qachondan bosa olishi kerak?

✅Normada 2-3 oyligida oyoqlarini bosa oladi.

❓8. Chaqaloq tonusi nima degani?

✅Chaqaloq tonusi bu nevralogik holat bo’lib, bunda uning tana mushaklari tarrang holatga kelib, oyoqlarga qo’yganda ularning uchiga bosadi.

❓9. Bolani asablarini tinchlantirish uchun nima qilsa bo’ladi?

✅Onaning mehri va quchog’i bolaning asabini tinchlantirishda eng foydali muolaja.

❓10. Maktab yoshidagi bolaning dars qilish davomida boshi og’rishiga nima sabab bo’lishi mumkin?

✅Maktab yoshidagi bolalarda bosh og’rig’iga asosan quyidagilar sabab bo’lishi mumkin: bosh miya bosimining oshishi, gijja, tez-tez kasal bo’lishi, anemiya, qon aylanishining buzilgani.

❓11. Bola yiqilganda miya chayqalganligini uy sharoitida qanday aniqlasa bo’ladi?

✅Miya chayqalgani belgilari:

Bir necha daqiqaga xushdan ketish
Qusish
Bosh aylanishi
Bosh og’rishi
❓12. Bolaning liqildog’i qachon yopilishi kerak?

✅Bolaning liqildog’i 1 yoshligida yopiladi.

Nevropatolog maslahatlari