NEVRALGIYA
NEVRALGIYA (nevr… va algos — ogʻriq) — nerv tolalari boʻylab tarqaladigan kuchli ogʻriq; nerv vaqtvaqti bilan sanchib, zirqirab yoki tortishib ogʻriydi. Uch shoxli nerv, quymich nervi, qovur-gʻalararo nerv Nevralgiyasi koʻproquchraydi. Infeksion kasalliklar, intoksikatsiya, shikastlanishlar, modsalar almashinuvining buzilishi, ateroskleroz, orga-nizmning sovqotishi, kasbga aloqador zararlar sabab boʻladi. Nevralgiya qaysi soha ner-vida boʻlsa, oʻsha soxa nervining poyasi, qobigʻi taʼsirlanadi, nerv poyasi shi-shadi, atrofidagi muskullar tortishadi (Mas, uch shoxli nerv Nevralgiyasida yuz mus-kullari tortishishi), baʼzan nervda struktur oʻzgarishlar kuzatiladi.
Ensiklopediya.uz
NEVRALGIYA