Nevralgiya — sabablari, turlari, alomatlari, davolash, kasallik haqida umumiy ma’lumot

Nevralgiya — sabablari, turlari, alomatlari, davolash, kasallik haqida umumiy ma’lumot

Nevralgiya (qad.yun. — νεῦρον — «nerv, asab» + ἄλγος — «og’riq«) — periferik nervlarning shikastlanishi bo’lib, nervlarning innervatsiya zonasida og’riqli xurujlar bilan xarakterlanadi. Nevritdan farqli o’laroq, nevralgiyada harakat buzilishi va sezuvchanlik yo’qolishi kuzatilmaydi va shikastlangan asabda tuzilmaviy o’zgarishlar bo’lmaydi. Nevralgiya asosan tor kanallar va teshiklardan o’tadigan nervlarda rivojlanadi.

svg%3ENevralgiya kasalligi haqida ma'lumot

Nevralgiya haqida umumiy ma’lumot

Birlamchi deb atalmish yoki essentsial nevralgiyada klinik tekshiruv boshqa kasalliklarni aniqlamaydi; ikkilamchi yoki simptomatik nevralgiyada asabga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi yallig’lanishli, shishli va boshqa jarayonlar aniqlanadi.

Nevralgiya tananing har qanday qismida bo’lishi mumkin: boshdan tortib oyoqqa qadar. Ko’p holatlarda nevralgiya turli shikastlanishlar, infektsion kasalliklar yoki shamollashlarning og’ir shakllari natijasida paydo bo’ladi. Sovqotish — nevralgiya paydo bo’lishining yana bir muhim sababi. Uzoq davom etgan holatda nevralgiya nevrotik bosqichga o’tadi, ya’ni asabda tuzilmaviy o’zgarishlar va sezuvchanlik yo’qolishi paydo bo’ladi.

Nevralgiya turlari

Nevralgiyaning eng ko’p uchraydigan turi — uch shoxli nervning shikastlanishi, kamroq hollarda katta yoki kichik ensa, til-yutqin nervlari.

  • Uch shoxli nerv nevralgiyasi — bu yuz jarohati, burun sinuslari yallig’lanishi, kasal tishlar yoki noto’g’ri tishlov oqibatida paydo bo’ladigan nevralgiya turi. Ushbu nevralgiyada og’riq har qanday vaqtda yuzaga kelishi mumkin. Og’riq issiq yoki sovuq ovqat, baland tovush, yorug’ nur va tishlarni yuvish natijasida paydo bo’lishi mumkin. Agar bemor burun uchiga, milkka yoki yuqori lablariga tegsa, bu ham og’riqni keltirib chiqarishi mumkin. Yuz terisining qichishi va jimirlashi xurujning boshlanishini ko’rsatadi. So’ng bir necha daqiqa davom etadigan keskin og’riq boshlanadi. Uch shoxli nerv nevralgiyasida xuruj paytida bemor hatto og’zini ocholmaydi.
  • Qovurg’alararo nevralgiya bilan og’rigan bemorlarda qovurg’alar sohasida kuchli og’riqlar kuzatiladi. Bu og’riq yo’talish yoki aksa urish vaqtida kuchayadi. Ko’pincha bunday nevralgiya umurtqaning torakal bo’limi osteoxondrozida paydo bo’ladi.
  • Sonning tashqi teri nervi nevralgiyasi sonning tashqi sohasidagi og’riq bilan kechadi. Bunday kasallik vaqtida bemor terining achishi va uvishishini sezadi. Xuruj bemorning har qanday harakati bilan kuchayadi.
  • Qanot-tanglay tuguni nevralgiyasi ko’pincha to’satdan, tunda sodir bo’ladi. Xuruj 2-3 soatdan ikki haftagacha davom etishi mumkin. Bu vaqt davomida bemor tanglay, chakka, ko’zlari, bo’ynida kuchli og’riqni sezadi. Ba’zi hollarda og’riq qo’llarga ham o’tadi.
  • Tanglay-yutqin nerv nevralgiyasi. Nevralgiyaning ushbu turi juda kam uchraydi. Xurujning dastlabki belgilari tomoqdagi og’riq bo’lib, u quloqqa va pastki jaqqa tarqaladi.
  • Ensa nervi nevralgiyasida bemorlar ensadan chakkaga qadar og’riqlarni his qiladi, og’riq ko’z atrofiga tarqalishi mumkin. Eng asosiy belgisi boshda chidab bo’lmas, pulsatsiyalovchi og’riq bo’lib, u yo’talish, boshni harakatlantirish fonida paydo bo’ladi. Xuruj paytidagi harakatlar bemorni hatto qayt qilishiga olib kelishi mumkin.

Nevralgiya alomatlari

Nevralgiyada og’riq pulsatsiyalovchi tabiatga ega, vegeto-tomir buzilishlar (terining qizarishi, ko’zning yoshlanishi va boshqalar) va ba’zan esa og’riqli tik — mahalliy mushak tortishishlari bilan kechadi. Boshqa holatlarda og’riq uzluksiz bo’lib, faqat og’riq qoldiruvchi preparatlar qabul qilgandan so’ng yo’qoladi.

Nevralgiyani davolash

Nevralgiyani davolashda og’riq sindromini qoldirish muhum o’rin tutadi. Kasallikning dastlabki bosqichlarida nervlarning teri retseptorlarini bloklovchi va chalg’ituvchi vositalar — mahalliy ta’sirga ega analgetiklarni o’z ichiga olgan malham va emulsiyalar, ilon va ari zahari, novokainli blokada, issiqli muolajalar qo’llaniladi.

Ikkilamchi nevralgiyada — asosiy kasallikni davolash; birlamchi nevralgiyalarda — B guruhi vitaminlari, novokainni in’ektsiya qilish, mahalliy — apikain, fizioterapevtik davolash amalga oshiriladi. Nevralgiyani davolashda lazer, akupunktura, impulsli toklar, magnit va elektromagnit maydonlarni, elektroforez, ultratovush, infraqizil va ultrabinafsha nurlanishni qo’llash sezilarli natija beradi. Dori vositalari ham, fizioterapiya muolajalari ham yordam bermagan hollarda jarrohlik aralashuvi o’tkaziladi.

Uch shoxli nerv nevralgiyasini davolash uchun o’ziga xos vosita — antikonvulsantlardir. Ular ko’pincha yagona samarali og’riq qoldiruvchi vosita hisoblanadi. Odatda karbamazepin preparatlari qo’llaniladi. Davolash alomatlar to’xtagunga qadar davolash uzoq vaqt davom etadi.

Kasalliklar
alomatlari, davolash, kasallik haqida umumiy ma’lumot, Nevralgiya — sabablari, turlari