NEVAR TILI
NEVAR TILI, nevari — tibetbirma tillarinit sharqiy himolay guruhchasiga mansub til. Baʼzi jihatlari b-n ayrim turkiy, moʻgʻul va man-jur tillariga yaqin turadi. Nepalda, asosan nevarlar yashaydigan Katmandu vodiysida, shuningdek, qisman Hin-diston va Butanda tarqalgan. Unda 1 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi. Nevar tili 4 ta lahjaga ega: ularning 3 tasi Nepalning markaziy qismidagi Katmandu, Bhak-tapur, Lalitpur sh. larida va toʻrtinchisi Nepalning sharqiy qismida tar-qalgan. Fonetikasi uchun boʻgʻiz undoshlari, burunlashgan unlilar xos. Morfologik tuzilishi agglyutinativ, oʻzak va affiksal morfemalari asosan bir boʻgʻinlidir. Feʼllar 5 xil tuslanish shakliga ega. Lugʻat boyligining 75 fo-izi nevarcha; sanskrit va tibet tillaridan oʻzlashgan soʻzlar xam anchagina. Nevar tili 14—18-a. larda Nepalning ras-miy tili boʻlgan, birok, 18-a. oxirida ham rasmiy, ham adabiy doirada uning oʻrnini nepal tili egallagan. 20-a. da soʻzlashuv shakllaridan, asosan, Katmandu laxjasi asosida adabiy Nevar tili kay-ta tirila boshladi. Nevar yozuvi 9-a. da brahmi asosida shakllangan, xrzirgacha cheklangan holda amalda. Hoz. Nevar tili 18-a. oxiridan devanagari yozuvidan foydalanib keladi.
Ensiklopediya.uz
NEVAR TILI