Neptunning tabiiy yo’ldoshlari

Neptunning tabiiy yo’ldoshlari

Neptunning tabiiy yo‘ldoshlari

neptunning tabiiy yoldoshlari 660efff7a55d4

Neptunda ham ko‘p sonli tabiiy yo‘ldoshlar tizimi hamda juda ingichka va xira halqalar mavjudligi, Voyajer-2 tomonidan olingan tasvirlar orqali aniqlandi. Neptun halqasi asosan silikatlar bilan qoplangan uglerodli materiallardan tashkil topgan muzlagan mayda jismlardan iborat. Hozirgacha Neptunning 5 ta halqasi aniqlangan.

Tabiiy yo‘ldoshlarning eng kattasi — Tritonni, Neptunning o‘zi kashf etilishidan 17 kun o‘tib, Uilyam Lasselning o‘zi ochgan. Triton nomini Kamil Flammarion 1880- yilda fanga tavsiya etgan edi. Biroq, Neptunning 2-yo‘ldoshi Nerida ochilguniga qadar Triton nomi rasmiy qo‘llanilmay, u faqat «Neptun yo‘ldoshi» sifatida yuritilgan. Triton, quyosh tizimidagi tabiiy yo‘ldoshlar ichida o‘z atmosferasiga ega bo‘lgan uchta tabiiy yo‘ldoshdan biridir (Io va Titan bilan birgalikda). U ham teskari yo‘nalishda va spiralsimon orbita bo‘ylab aylanadi. Olimlarning fikricha aslida Triton Neptunning haqiqiy tabiiy yo‘ldoshi bo‘lmay, balki uzoq o‘tmishda Neptun tomonidan «tutib olingan» bo‘lishi ham mumkin ekan. Neptunning ikkinchi yo‘ldoshi Nereida 1949-yilda golland olimi Jerard Koyper tomonidan kashf etilgan. Keyingi yo‘ldoshlarni esa 1989-yilda Neptunga Voyajer-2 ning tashrifidan keyin aniqlandi. 2002-2003 yillar davomida Neptunning yana 5 ta yangi tabiiy yo‘ldoshi qayd etildi. Sakkizinchi sayyoraning hozircha oxirgi — 14-chi tabiiy yo‘ldoshi 2013-yilda aniqlangan bo‘lib, unga hali nom berilganicha yo‘q (vaqtinchalik nomi — S/2004 N 1).

Neptun quyosh tizimidagi eng kam o‘rganilgan sayyoralardan biridir. Unga hozircha faqat bitta — Voyajer-2 kosmik apparati yetib borgan. Yanada yangi va batafsil ma’lumotlarni balki keyingi avlod fazoviy apparatlari yetkazishar.

?

Tabiiy

yo‘ldosh nomi

Sayyora sirtidan

o‘rtacha

uzoqligi

(ming km.)

Aylanish davri

(kun)

Diametri yoki

o‘lchamlari

(km)

Ochilgan yili

Kashf

etgan olim / kosmik apparat

1

Triton

354

17*

4000

1846

U.Lassell

2

Nereida

5570

5

300

1949

J.Koyper

3

Nayada

48

0.296

50

1989

Voyadjer-2

4

Talassa

50

0.312

80

1989

Voyadjer-2

5

Despina

52.5

0.333

180

1989

Voyadjer-2

6

Galateya

62

0.429

150

1989

Voyadjer-2

7

Larissa

73.6

0.554

190

1989

Voyadjer-2

8

Protey

117.6

1.121

420

1989

Voyadjer-2

9

S/2004 N 1

105.3

0.96

18

2013

 

10

Galimeda

15728

1879.71

48

2002

 

11

Psamafa

46695

9115.9

28

2003

 

12

Sao

22422

2914

44

2002

 

13

Laomedeya

23571

3167.85

42

2002

 

14

Neso

48387

9374

60

2002

 

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

neptunning tabiiy yoldoshlari 660efff848353Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

neptunning tabiiy yoldoshlari 660efff89a184Tvitterda: @OrbitaUz

neptunning tabiiy yoldoshlari 660efff8e21f4Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

neptunning tabiiy yoldoshlari 660efff935cc1Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz


* Boshqalarga nisbatan teskari yo‘nalishda aylanadi.

Astronomiya
Neptunning tabiiy yo’ldoshlari

Manba:orbita.uz