NEOPOZITIVIZM
NEOPOZITIVIZM (neo… va pozitivizm) — 20-a. falsafasidagi asosiy yoʻnalishlardan biri. Pozitivizmning hoz. zamon shakli Neopozitivizmga Vena toʻgaragi qatnashchilari M. Shlik, R. Karnap, O. Neyrat asos solgan. Neopozitivizmning Angliyada tarqalishida B. Rassel, L. Vitgenshteyn va b. katta oʻrin tutgan. Neopozitivizmning asosiy gʻoyalari empirizm va fenomenalizmta (J. Berkli, D. Yum) borib taqaladi.
Ensiklopediya.uz
NEOPOZITIVIZM