NEOLAMARKIZM

NEOLAMARKIZM

NEOLAMARKIZM (neo… va lamarkizm) — Lamark taʼlimotining ayrim holatlariga asoslangan har xil ideologik evolyutsion konsepsiyalar yi-gʻindisi. Neolamarkizm evolyutsion taʼlimot rivojlanishining Darvinyagsh keyingi bosqichida paydo boʻlgan. Darvin naza-riyasining ayrim aspektlarini tan olgan neolamarkistlar tabiiy tanla-nishning ijodiy rolini inkor qilishgan. Neolamarkizmda 3 asosiy yoʻnalish mav-jud. Ortolamarkizm — organik olam evolyutsiyasi Darvin uqtirganidek tabiiy tanlanish asosida emas, balki organizmlarning azaldan belgilangan ichki kuchlari ishtirokida amalga oshishi. Mazmun mohiyati bilan bu yoʻnalish E. Kop, G. Osborn, L. S. Berglar ilgari surgan avtogenez kon-sepsiyasidan boshka narsa emas. Me-xanolamarkizm — organizmlarning azaldan belgilangan ichki kuchlar asosida tashqi muhitning oʻzgarishiga javoban maqsadga muvofiq struktura va funksiyalarini oʻzgartirishi. Mexanolamarkistlar adaptiv modifika-siyalarni evolyutsion yangi hosila va ular nasldannaslga oʻtadi deb koʻrsatishadi. Psixolamarkizm — evolyutsiya sababini organizmlarning ongli xatti-harakatlari orqali tushuntirishga urinish. Neolamarkizm qanday yoʻnalishda boʻlmasin, u rivojlanishni maqsadga muvofikligini eʼtirof etib, tabiiy tanlanishning ijodiy rolini inkor qiladi.

Ensiklopediya.uz
NEOLAMARKIZM