NEOKLASSITSIZM
NEOKLASSITSIZM — 19-a. 2-yarmi – 20-a. lar sanʼatida antik sanʼat, Uygʻonish davri sanʼati va klassitsizmning mumtoz anʼanalariga tayangan ijtimoiy yoʻnalish va gʻoyaviy mazmun jihatidan turlicha boʻlgan oqimlarni ifodalovchi atama. Neoklassitsizm (oʻtmish sanʼatga murojaat etish dasturi sifatida) jonli borliqqa qandaydir «abadiy» estetik qadriyatlarni qarama-qarshi qoʻyishga intilish zaminida paydo boʻlgan (rassom X. Mare, A. Feyerbax, haykaltarosh A. Xildebrand va b.). «Neoklassitsizm» atamasi 17a. — 18-a. 1-yarmidagi klassi-sizmdan farqlash maqsadida 18-a. 2-yarmi —19-a. 1-choragidagi klassitsizmga nisbatan ham qoʻllanadi. Neoklassitsizm, ayniqsa, meʼmorlik va tasviriy sanʼatda keng tar-qaldi, shuningdek, adabiyot va musiqa taraqqiyotiga ham taʼsir koʻrsatgan.
Ensiklopediya.uz
NEOKLASSITSIZM