NEMIS TILI
NEMIS TILI — hind-yevropa tillari oilasidagi german tillari guruhiga mansub til. GFR, Avstriya Respublikasi, Shveysariya Konfederatsiyasi (qisman), Lyuksemburg Gersogligi (qisman), Belgiya Qirolligining rasmiy tili. Rossiya Federatsiyasida, Shim. va Jan. Amerikaning bir kancha mamlakatlarida ham tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 110 mln. kishidan ortiqrokdir. Nemis tili frank, saks, turing, alemann, bavar singari gʻarbiy german kabilalari shevalari asosida tarkib topgan va quyi nemis, oʻrta nemis va jan. nemis lahjalariga, har bir lahja guruhi esa gʻarbiy va shar-qiy guruhchalarga ajraladi. Nemis tilining taraqqiyot tarixida milliy tilgacha boʻlgan (16-a. gacha) va milliy til (18-a. dan) davrlari farqlanadi; 16—17-a. lar oʻtish davri hisoblanadi. Hoz. ada-biy til meʼyorlarining shakllanishi asosan 18-a. oxirida tugallanib, bu davrda grammatik tizim va imlo barqarorlashgan.
Ensiklopediya.uz
NEMIS TILI