NEMATODOZLAR

NEMATODOZLAR

NEMATODOZLARodam va hayvonlarda yumaloq gijjalarnematodalar qoʻzgʻatadigan invazion kasalliklar (gelmintozlar). Parazitlar barcha turdagi umurtqalilar organizmining koʻpgina aʼzo va toʻqimalarini (aksariyat ovqat hazm qilish aʼzolarini) shikastlaydi. Hayvonlar nobud boʻladi yoki mahsuldorligi kamayadi, bu bilan Nematodozlar chorvachilikka katta ziyon keltiradi. Qulay iqlim sharoiti (harorat, namlik, oraliq xoʻjayin boʻlishi, chorva mollarini saqlash qoidalariga rioya etmaslik, shuningdek, ularni davolash va profilaktika qilish tuzuk yoʻlga qoʻyilmaganligi) Nematodozlar rivojlanishiga imkon beradi. Kattalarga nisbatan bolalar koʻproq kasallanadi va ularda kasallik ogʻir kechadi. Odam, parazitning yetuk tuxumlari meʼda-ichak yoʻliga yoki lichinkalari teriga tushganda zararlanadi. Nematodozlarning quyidagi turlari farqlanadi: askaridoz, ankilostomidoz, enterobioz, trixotsefalyoz, trixinellyoz va b.

Ensiklopediya.uz
NEMATODOZLAR