NEKROBAKTERIOZ

NEKROBAKTERIOZ

NEKROBAKTERIOZ, nekrobatsillyoz — uy hayvonlari va koʻpgina yovvoyi hayvonlarda uchraydigan yuqumli kasallik. Kasallikni Bacterium necrophorum bakteriyasi qoʻzgʻatadi. Bakteriya tashqi muhitga chidamsiz, quyosh nuri taʼsirida tez oʻladi. Nekrobakterioz bilan koʻproq qoʻy, sigir, ot, tovuq (aksariyat joʻjalar) kasallanib, odamga xam yuqishi mumkin. Kasallik manbai — kasal hayvonlar. Bakteriya nafas yoʻli va shikastlangan teri yoki shilliq pardalar orqali organizmni zaharlaydi, natijada toʻqimalarda moddalar almashinuvi bu-ziladi va mayda kon tomirlarida tromblar, ichki organlarda esa metastazalar paydo boʻladi. Kasallik katta yoshdagi hayvonlarda surunkali, yoshlarida esa shid-datli oʻtadi. Koʻpincha tuyoqoraligʻi, tuyoqning yumshoq qismlari, qoʻzilarning lablari, burun qanotlari, ogʻiz shilliq pardalari shishib, yara boʻladi. Keyinchalik shu joylarda qon aralash yiringli suyuklik toʻplanib, toʻqimalar iriydi. Kasal hayvon ozadi, oʻladi.

Ensiklopediya.uz
NEKROBAKTERIOZ