Nega qabul jarayonlari uzaytirildi? Endi test ham cho‘ziladimi?

Nega qabul jarayonlari uzaytirildi? Endi test ham cho‘ziladimi?
nega qabul jarayonlari uzaytirildi endi test ham choziladimi 65ca9880def1d

Nega qabul jarayonlari uzaytirildi Endi test ham cho%E2%80%98ziladimi

Nega qabul jarayonlari uzaytirildi? Endi test ham cho‘ziladimi?

DO`STLARGA ULASHING:

Shunday savollar ham kelib turibdi. Qabul jarayonlari nima uchun cho‘zilganining rasmiy izohini bilmadimu, lekin bunga zarracha hayron bo‘lganim yo‘q.

Bu haqda Xushnudbek Xudoyberdiyev yozmoqda.

Chunki joriy yilda to‘laqonli qabul jarayonlari 27 iyun kuni tunda, ya’ni muddatidan 1 hafta kechikib boshlandi. Ungacha 20 iyundan boshlab shunchaki my.dtm.uz saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tish ochilgandi, lekin abituriyentlar yo‘nalishlarni tanlay olishmasdi. Bu haqda bir necha bor kanalimda yozganimni eslasangiz kerak.

Shu sababli ijtimoiy adolat nuqtai nazaridan abituriyentlarga yana 1 hafta muddat qo‘shib berib, qabulni 27 iyulga qadar davom ettirishga qaror qilingan bo‘lsa kerak.

Buning natijasida test kunlari ham cho‘zilishi mumkinmi? Ha, mumkin. Lekin u ko‘pga cho‘zilib ketmaydi, xavotir olmang. O‘tgan yili test sinovlari 5 avgustda boshlangan edi. Joriy yil ham taxminan shu sanalar atrofida boshlanib qolsa kerak. Yana ham sanalari aniq bo‘lganda ma’lumot beriladi.

Nega qabul jarayonlari uzaytirildi? Endi test ham cho‘ziladimi?