Nega odam tush ko’radi
Menimcha, qo’rqinchili kino ko’rgandan keyin har bir odamga kinodagi maxluq ishtirok etgan daxshatli tushlar kirgan bo’lsa kerak. Tushlar insonga kuchli his-tuyg’ular bilan kurashishga yordam beradi, masalan, qo’rquv, qayg’u va sevgi. Psixologlar fikricha, tushlar hissiyotlarni hodisalardan ajratadi va bu bilan hissiyotlarni osongina qabul qilishga yordam beradi (chunki miya hissiyotlar va o’tmishdagi tajribalarni bog’lay oladi).
Тушда Улик Нарса Берса Tushida O Lik Narsa Bersa O Lgan Tushlar Tabiri Tush Tabiri Тушлар Та Бири – Скачать mp3 бесплатно
Для вашего поискового запроса Тушда Улик Нарса Берса Tushida O Lik Narsa Bersa O Lgan Tushlar Tabiri Tush Tabiri Тушлар Та Бири мы нашли 35 песен, соответствующие вашему запросу. Теперь мы рекомендуем загрузить первый результат ТУШДА УЛИК БИРОР НАРСА БЕРСА TUSHDA O LIK BIROR NARSA BERSA ТУШЛАР ТАБИРИ TUSHLAR TABIRI ИСЛОМИЙ ТУШ который загружен ТУШЛАР ТАЪБИРИ размером 2.28 MB, длительностью 1 мин и 44 сек и битрейтом 192 Kbps.
Обратите внимание:
Перед загрузкой вы можете послушать любую песню, наведите курсор и нажмите «Слушать» или «Скачать» для загрузки mp3-файла высокого качества. Первые результаты поиска – с YouTube, которые будут сначала преобразованы, после чего файлы можно загрузить, но результаты поиска из других источников могут быть сразу же загружены в MP3 без какого-либо преобразования.
Слушают сейчас
Тушда Улик Нарса Берса Tushida O Lik Narsa Bersa O Lgan Tushlar Tabiri Tush Tabiri Тушлар Та Бири
Мы Сидим В Дискордике
Песня Стоп Стоп Музыка
Ты Свела Меня Сума Девочка Красавица Волосы Твои До Плеч
Зиёвиддини Нурзод 2023
Анастасия Гурьева Mama Knows Best Cover
Султан Все Песни
Кавказ 2022 Песни
Тихо Шепчет Мне Прозрачная Вода
Ритмичная Музыка Со Словами
50 Хитов В Дорогу Душевных Пе Ен
Valentin Silvestrov Bagatellen Viii
Ma Bobobobo Shalala
Ta Ta Ta Ra Ta Ta Tara
Мирбек Атабеков 2022
Короткая Мелодия Для Видео
Escalator Pathetic Speed Up
Fifa World Cup 2022 Music
Скачивают
Сохрани Себе Аудио Книга Разумный Инвестор Бенджамин Грэм 1 Часть
Квн Город Пятигорск В Роддоме
Щенки Шрамы Sped Up
Виталий Гогунский Россия Премьера Клипа 2022
Monatik Кружит Sped Up
Лсп Feduk Егор Крид Холостяк Speed Up
Рингтон С Вару 13 Карт Видео Не Моё
Юрий Шатунов Не Бойся Official Video 2004
Bass Boosted Music Mix 2023 Best Car Music 2023 Best Remixes Of Edm Bass Boosted
Всё Будет Йупи Йо Scally Milano W Mitya Fomin Mashup
Soul Ballet Soul Ballet 1997 Full Cd Album Hq
Serebro Мало Тебя Malo Tebya
Чеченские Пожелания На День Рождение С Текстом
Eng Sara Qo Shiqlari To Plami 2022 Remix Yangi Uzbek Xit Qo Shiqlar 2022
Бен Сказал No А Не Yes На Ответ Ты Собака Значит Он Кот Бен Мем Shorts Нет No Меме Мемы
Кравц Зомб Зимний Регги Adam Maniac Remix Single 2022
Game Of Thrones Theme On Kalimba
E 40 Captain Save A Hoe Sped Up Tiktok Version Lyrics Should I Save Her I Wanna Be Saved
Фильм Балет Жизель 1975 Наталья Бессмертнова И Михаил Лавровский Музыка А Адана
Электрофорез Фейерверк Speed Up
Nega odam tush ko’radi?
Deyarli har bir odam tush ko’radi. Lekin hech kim nega tush ko’rishini, uning davomiyligini, vaqtini va ssenariysini oldindan ayta olmaydi. Ba’zida odam tushini eng mayda detallarigacha eslab qoladi, ba’zida esa tush ko’rganini biladiyu, lekin unutib qo’yadi. Xattoki, olimlar ham bu borada kelisha olmaydi: ba’zilari tushlar keraksiz va ma’nosiz desa, ba’zilari tushlarning sabablari va vazifalari bor deb hisoblaydi.
Tushlar xotirani saranjomlaydi
Ko’plab izlanishlar shuni ko’rsatdiki, tushlar odamga ma’lumot saqlashga yordam berar ekan. Odam tush ko’rganida ma’lumotni uzoq muddatli xotiraga saqlab qo’yar ekan. Neyrobiologlar aniqlashicha, kun davomida xotiralar gippokampda – miyaning uzoq muddati xotira bilan bog’langan qismida saqlanar ekan. Odam uxlaganda, xotiralar miya po’stidan – miyaning axborotni qayta ishlovchi ya’ni yangi ma’lumot qabul qiluvchi qismidan gippokampga o’tqazilar ekan.
Tush miyaga axborotni bir qismdan boshqa qismga o’tqazib, ularni “yozib olish” va kerak bo’lganda tiklash uchun yig’ib qo’yishga vaqt beradi. Izlanishlar yana shuni ham ko’rsatdiki, xotiralar miya po’stiga berilishidan oldin, gippokamp butun kunda o’tgan voqealarni qayta shakllantirar ekan, ba’zida oxiridan boshiga qarab.
Terapevtik tushlar
Menimcha, qo’rqinchili kino ko’rgandan keyin har bir odamga kinodagi maxluq ishtirok etgan daxshatli tushlar kirgan bo’lsa kerak. Tushlar insonga kuchli his-tuyg’ular bilan kurashishga yordam beradi, masalan, qo’rquv, qayg’u va sevgi. Psixologlar fikricha, tushlar hissiyotlarni hodisalardan ajratadi va bu bilan hissiyotlarni osongina qabul qilishga yordam beradi (chunki miya hissiyotlar va o’tmishdagi tajribalarni bog’lay oladi).
Olimlar aniqlashicha, ushbu bog’lashlar, miya uyg’oqlik paytidagi bog’lashlardan farq qilar ekan. Turli xil bog’lanishlar yangi perspiktivalar ishlab chiqishga ko’maklashadi va vaziyatni turli xil nuqtalardan baholashga yordam beradi. Ba’zi olimlar tush insonnig g’azab, qayg’u, qo’rquv yoki baxt hissiyotlari ildiziga borish uslubi deb bilsa, boshqa olimlar tush bu eng katta muammolarni yechish mumkin bo’lgan xavfsiz muhit deb hisoblaydi.
Tushlar bezovtalikning oldini oladi
2009 yilda bemorlarda depressiya va bezovtalikni izlanish ishlari o’tqazilgan. Tush ko’rsh va kognitiv buzilishlar o’rtasida qiziq aloqa borligi aniqlangan, beshta izlanuvchilar ikki guruh talabalarni o’rganishgan: birinchi guruh 35 ta sog’lom talaba, ikkinchi guruh esa 20 ta depressiyaga chalingan va bezovta talabalar. Tajriba ostidagilarni ko’zning tezkor harakat fazasi (REM) da 10 daqiqaga uyg’otishgan, keyin yana 10 daqiqaga ko’zning sekin harakat fazasida (NREM) uyg’otishgan.
Uyg’onishlar vaqtida talabalar xotira reaksiyasi tezligiga, kayfiyat va o’ziga baho berish testidan o’tgan. Olimlar aniqlashicha, sog’lom talabalarga qaraganda, depressiya va bezovtaligi yuqori bo’lgan talabalar ko’proq agressiyali va o‘zi bilan olishishli tushlar ko’rgan. Biroq shu bilan bir qatorda, tezkor uyqu (REM) dan so’ng, depressiya va bezovtalik darajasi pastroq bo’lgan.
Tushlar umumiy farovonlikka olib boradi
Izlanishlar shun ko’rsatdiki, uxlay olmaydigan odamlar ba’zi jiddiy oqibatlar bilan to’qnash kelgan. Yuqoridagi tajribaga o’xshab bunda ham odamlarni uyg’otishgan. Natijalar tush ko’rmagan odamlar e’tiborni bir joyga jamlashga qiynalganini, koordinatsiya yo’qligini va vaznida biroz sezilarli o’sish borligini ko’rsatdi. Yana ular gollyutsinatsiyalar ham ko’rgan.
Albatta, ushbu oqibatlar umumiy qilib tush ko’rmaslikdan emas, balki kam uxlaganlikdan kelib chiqqan ham deyish mumkin. Shunga qaramasdan, ko’plab tadqiqotlar ko’rsatishicha, bunday oqibatlarning asosiy qismi aynan tush ko’rmaslikdan kelib chiqadi.
Tush ko’rmaslik ruhiy kasallik belgisi
Uyqu bilan bog’liq xronik muammolar ruhiy kasallarning 50-80 foizida bor. Shu jumladan umumiy aholining 10%i uyqu buzilishidan jabrlangan. Garvard Universiteti olimlari 2009 yilda o’tqazgan tajribalari natijasi tush ko’rish va ruhiy kasalliklar o’rtasida bog’liqlikni ko’rsatdi, ayniqsa, bipolyarlik kasalligi bilan.
Yana ular shuni aniqladiki, bolalarda ham, kattalarda ham, tush bilan bo’lgan muammolar ruhiy kasallik ehtimolini oshirar ekan. REM fazasida uyquning buzilishi neyromediatorlar va stress gormonlari darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Bu emotsional boshqaruvni yomonlashtiradi va fikrlashga ta’sir ko’rsatadi.
Axborotni qayta ishlash teoriyasi
Bir izlanishda aniqlanishicha, paradoksal uyqu vaqtida miya yangi konsepsiyalar ishlab chiqaradi va ularni mavjud bilimlar yoki uzoq, lekin bog’langan tushunchalar bilan bog’laydi. Olimlar fikriga ko’ra, odam bunday ma’lumot jo’natilishini tushunib, tovush yoki rasm fragmentlarini jismoniy faoliyat bilan his qilganda tush ko’radi.
Miya ushbu obrazlarni tushunishga va ularni bir-birga bog’lashga harakat qiladi. Olimlar aytishicha, aynan shu sababli tushlar g’ayritabiiy bo’ladi. Demak, tushlar avval miyada saqlangan axborotlardan paydo bo’ladi.
Tush ko’rishning psixoanalitik teoriyasi
Uyqu haqida gapirganda Freydni eslamay ilojimiz yo’q. Zigmund Freyd teoriyalari ko’p yillar davomida rad qilingan bo’lsada, muhokama qilish uchun qiziq mavzuligicha qolgan. Freyd tush tabirlarini topishga ixtisoslangan. U odamlarni ong berkitib turadigan, ammo ongsiz paytida yuzaga chiqadigan agressiv va jinsiy instinktlar boshqaradi deb hisoblagan.
Sintez faollashtirish modeli
Sintez faollashtirish modeli birinchi bor 1977 yilda paydo bo’lgan va miya signaldan tush hosil qilishini o’rganadi. Ushbu teoriya trigger sifatida tajriba va xotiralarni ishlatish o’rniga, tushlar biologik reaksiyalardan paydo bo’ladi deydi. Odam uxlaganda miya biologik axborotni sintez qiladi va uni tush sifatida ko’rsatadi. Shunday qilib, tushlar oddiygina asosiy biologik funksiyalar natijasidir. Ushbu teoriya mualliflari tushlarning ma’nosi yo’q deb hisoblamaydi. Ularning aytishicha, tush ko’rish yangi g’oyalar yaratilishiga olib keladi.
Adaptiv teoriya
Ushbu teoriya ikki qismdan iborat: birinchisi tahdidlar bilan bog’liq, ikkinchisi esa uyquga to’ymaslik bilan. Psixologlar uyqu hayvonlarga xavfdan uzoqroq bo’lishga yordam beradi deb hisoblaydi. Masalan, hayvon uxlash uchun, odatda xavfsiz joyga boradi. Dam olish vaqti hayvonlarni biror xato qilishdan tiyadi va jonini saqlab qoladi. Bu tabiiy tanlov natijasida kelib chiqqan xulq-atvor strategiyasi, hozir esa tush deb nomlanadi.
Olimlar aniqlashicha, odam REM fazasiga bir tunda kira olmasa, keying tunda u ushbu fazada ko’proq vaqt o’tqazadi. Bu biologik reaksiya organizim ish jarayonida REM muhim ahamiyat kasb etishini tasdiqlaydi. Tabiiy tanlanish odamlarni muhitga ko’nikish va xavfdan uzoqroq bo’lish uchun uxlashga va tush ko’rishga dasturlashtirib qo’ygan.
Tahdid yaratish teoriyasi
Tahdid yaratish teoriyasi tush odamlarga tahdid yoki xavfga tayyorlanishga yordam beradi deydi. Turku Universitetidan Fin olimlari tush ko’rish paytida tahdidlarni modellashtirish, real hayotdagi xavf va tahdidlarga uchragan paytda ularni qabul qilish uchun muhim bo’lgan kognitiv mexanizmlarni tayyorlashga yordam beradi. Ushbu tasdiqni ular oddiy va yomon oilalardan bo’lgan bolalarda o’tqazilgan natijalar asosida keltirishdi.
Jismoniy farovonligi doimiy tahdid ostida bo’lgan muhitda yashovchi odamlar qoidaga binoan “xavfliroq” tushlar ko’radi. Yaxshi oiladan chiqqan bolalar esa xotirjamroq va tahdidlardan holi tushlar ko’radi.
Tushda o’lgan odam ko’rish — marhumni ko’rsa, u bilan gaplashsa nimaning belgisi?
Har bir inson uchun tushda o’lgan odamni ko’rish — ba’zan taskin beruvchi, ba’zan esa yoqimli bo’lmagan va hatto qo’rqinchli tush hisoblanadi. Uyg’ongach, bunday tushning ta’birini bilish ustuvor vazifa bo’ladi, chunki odamni daxshatli narsalar kutayotganidek tuyulaveradi. Biroq, xalq orasidagi noto’g’ri tushunchalarga qaramasdan, agar tushga o’lgan odam kirsa, sizni o’lim bilan bog’liq hech narsa kutmaydi. Ko’p narsa tushda boshdan kechirilgan hissiyotlar va aynan qay bir marhum kirganligiga bog’liq.
Tushda o’lgan odamdan biron narsa olsa, bu juda noxush oqibatlardan so’zlashi mumkin. Tushda o’lgan odamdan biron narsa bersa, bu moddiy farovonlik, ahvolning yaxshilanishi, baxtli hodisalardan darak. Tushda o’lgan inson boy bo’lsa, bu narigi dunyoda u bilan hammasi yaxshi ekanligidan.
Tushda o’lgan qarindoshni ko’rish: Miller tush ta’biri kitobi bo’yicha
Millerning so’zlariga ko’ra, tushda o’lgan odamni ko’rish — ogohlantirish belgisidir.
- Tushda o’lgan otani ko’rish — yaqin atrofingizda yashirinib yurgan dushmanlardan ehtiyot bo’lishingiz va biznesdagi muvaffaqqiyatsizlikka tayyor turishingiz kerak demakdir.
- Tushda o’lgan onani ko’rish — bosiq bo’lishni va hadeganda atrofdagilarga g’azablanmaslikni o’rganish kerakligidan. Tushga onaning kirishi shuningdek yaqin kelajakda kutilayotgan omadsizliklar yoki kasalliklardan ham ogohlantirishi mumkin.
- Tushda o’lgan akani yoki yaqin do’stni ko’rsa — kimgadir yaqin orada yordamingiz kerak bo’lishidan gapiradi.
Tushda o’lgan kishi tirilsa, uninig ko’rinishi baxtli bo’lsa, bunday tushning talqini — siz kimningdir yaxshi bo’lmagan nazariga tushgansiz va iroda bilan u kishidan qutula olmasangiz, moddiy yo’qotishlarga tayyor bo’lishingiz kerak.
Tushda o’lgan odam bilan gaplashish, suhbatlashish — u sizdan yaqin kelajdakda ulkan baxtsizlikni oldini olishi mumkin bo’lgan va’dani kutmoqdaligidan darak.
Tushda o’lgan odamni ko’rsa: Vanga bo’yicha
Tushda tirik odam o’lsa, Vanganing tush ta’biri bo’yicha kasalliklar, ofatlardan ogohlantirish.
Ammo, agar o’lgan odam tushda tirik bo’lsa, u odam sizning do’stingiz bo’lsa, bilingki, u sizni nimadandir ogohlantirmoqda, buni bilish uchun uning so’zlari va xatti-harakatlari nimani anglatishi mumkinligini yaxshila o’ylab ko’rish kerak.
Tushda o’lgan odamni ko’rish: Loff bo’yicha
Ushbu tush ta’birlari kitob talqiniga ko’ra, tushda o’lgan odam ko’rish juda muhim masalalarni muhokama qilishni va’da qiladi. Ammo, tushga o’lgan qarindosh kirishi bu kitobda shunchaki uni sog’inish bilan tushuntiriladi.
Agar o’lgan qarindosh tushda tirik bo’lsa-yu, tobutda yotgan bo’lsa, bu umuman boshqa ma’nodir. Bu shuni anglatadiki, yaqin orada juda yaqin bo’lgan kishi bilan munosabatlar to’g’risida jiddiy gaplashib olish kerak bo’ladi. E’tiborli tomoni shundaki, bu noxush suhbatga e’tibor bermaslik jiddiy nizolarga olib keladi.
Tushga o’lgan odam kirishi: Svetkov talqini
Agar o’lgan kishi tushda tirik, quvnoq va mamnun bo’lsa, dushmanlaringizning yomon rejalaridan qo’rqib, ehtiyotkorlik bilan qaror qabul qilish kerak bo’ladi.
Tushda marhum qarindosh yoki boshqa yaqin kishilarni tirik holda ko’rsa, bunday tushning ta’biri taqdir elchisi deya talqin qilinadi. Yaqinda hayotingiz keskin o’zgaradi, masalan, yangi ishqiy munosabatlarni yo’lga qo’yasiz yoki ishda kutilmagan taklif qabul qilasiz.
Agar tushga o’lgan eringiz kirsa va sizni uch marta o’psa, bu yaqinda siz yuragingizga yaqin odam bilan vidolashishingizdan darak.
Tushda o’lgan insonni ko’rsa: Freyd bo’yicha
Zigmund Freydning so’zlariga ko’ra, o’lgan odam tushga biron narsa to’g’risida ogohlantirish uchun kiradi. Unga diqqat bilan quloq solib, uning so’zlari va maslahatlarini e’tiborga olmoqlik kerak.
Agar tirik bo’lgan insonlar tushda o’lsa, ular bilan munosabatlaringiz qay darajada yaxshi ekanligini o’ylab ko’rishingiz kerak.
Tushda o’lgan odam bilan gaplashsa: katta tush ta’biri kitobi
Eng baxtli hodisalardan darak beradigan tushlardan biri — marhumni tushida tiriklayin ko’rish va uni quchoqlash, bu uzoq umr va baxtli qarilikdan darak beradi.
Tushga o’lgan ota-ona kirsa, sizni allaqachondan buyon o’ylantirib va tashvishga solib kelayotgan yetarlicha murakkab va muhim savolga javob topasiz va osuda hayotni davom ettirasiz.
Ammo agar tushga o’lgan odam kirsa va kishi bunda qo’rqsa, uni yaqin kelajakda ulkan noxushliklar va sinovlar kutmoqda.
Qiziqarli malumotlar
Nega odam tush ko’radi