Nega ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq umr koʻrishadi?
❓Nega ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq umr koʻrishadi? ✍️ Ahadjon Abduxalilov ✅ Dunyo boʻyicha oʻrtacha umr koʻrish yoshi ayollarda erkaklarga qaraganda sezilarli darajada yuqori. Tibbiyot jihatdan ham qiz bolalar yashovchan hisoblanadi, buning bir qancha sabablari bor; ▪️ Zararli odatlar: Erkaklar orasida alkogol va tamaki mahsulotlariga ruju qoʻyish holati koʻp uchraydi. ▪️Genetik omil. Erkaklarning jinsiy hujayrasida bitta X xromosoma boʻlishi ikki jins vakillari uchun xos boʻlgan kasalliklarni ham erkaklarda koʻproq namoyon boʻlishiga olib keladi. ▪️ Endokrin omil. Yosh oʻtishi bilan erkaklarning asosiy gormoni testosteron va yogʻlar almashinuvi orasidagi jarayonlar erkaklarning ichki aʼzolari atrofida yogʻ toʻplanishiga sabab boʻladi. Bu esa hayot sifatiga taʼsir koʻrsatadi. ▪️ Stress. Odatda erkaklar oila boquvchisi sifatida hayotning katta qismini stressda oʻtkazadilar, bu ham bir qancha kasalliklarning paydo boʻlishiga olib keladi. Manba (https://t.me/soglomhayotuz/2992)Nega ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq umr koʻrishadi?
DO`STLARGA ULASHING:
Nega ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq umr koʻrishadi?