Nega 128 GB aslida sal kamroq? to’liq malumot oling
Agar siz 128 GB (gigabayt) xotiraga ega smartfon olib, undan to‘la foydalanaman desangiz, chuchvarani xom sanabsiz. Telefonni olib ko‘rsangiz, sizni “ajoyib sovg‘a” kutib turgan bo’ladi: mavjud xotira hajmi — taxminan 115-119 GB.
To‘g‘ri, balki telefon sozlamalari va shunga oid tizimlar ma’lum bir qismni egallagan bo‘lishi mumkin. Lekin tashqi xotira qurilmalaridachi? 1 TB (terabayt) hajmli qattiq diskni tekshirib ko‘rsangiz, unda 930 GB joy bo‘ladi. Shunda qattiq diskda ham bir necha gigabaytli tizim borligiga kimdir ishonadimi? Yoʻq.
Keling, turli gumonlarga borishni to‘xtatamizda, mavzuga sal chuqurroq kiramiz.
Bu muammoning sababi oddiy: xotira qurilmalari va shaxsiy kompyuter yoki smartfonlarni ishlab chiqaruvchilar o‘lchovni belgilash uchun ikki xil usuldan foydalanishadi. Xotira qurilmalari o‘nlik tizimdan foydalansa, shaxsiy kompyuterlar ikkilik tizimda ishlaydi, oqibatda haqiqiy sig‘im va yorliqdagisi o‘rtasida tafovut kelib chiqadi. Sodda qilib tushuntiradigan bo‘lsak, 1 KB (kilobayt) xotira qurilmalarida 103=1000 baytni anglatsa, kompyuterning ikkilik sanoq tizimida 210= 1024 bayt bo‘ladi. Qarabsizki, 24 bayt farq hosil bo‘lyapti, hajm orta borgani sayin tafovut ham o‘sib boradi.
O‘nlik sanoq tizimi | Ikkilik tizim | Tafovut | |||
Kilobayt | 103 | 1000 | 210 | 1024 | 2% |
Megabayt | 106 | 1000000 | 220 | 1048576 | 5% |
Gigabayt | 109 | 1000000000 | 230 | 1073741824 | 7% |
Terabayt | 1012 | 1000000000000 | 240 | 1099511627776 | 9% |
Xo‘sh, muammoni-ku topdik, endi yechimga to‘xtalamiz.
1998-yilda Xalqaro elektrotexnika komissiyasi muammoni tushunib yetgach, o‘nlik tizim uchun kilo, mega, giga o‘lchovlarni saqlab qoldi. Shuningdek, ikkilik uchun yangi prefikslarni ishlab chiqishdi: kibi, mebibaytlar, gibibaytlar va boshqalar…
Ya’ni, prefiksning ikkinchi bo‘g‘inidagi “bi” bu ikkilik, ya’ni binar tizimini anglatadi.
Shu tariqa quyidagi xulosa kelib chiqadi:
1 gigabayt 1 gibibaytdan kam. Taxminan 7 foizga.
1 GB = 1000000000 B
1GiB = 1073741824 B
Biroq, afsuski hali hech kim bu atamalardan to‘la foydalanishni istamayapti, balki bu ularga ahmoqona yechimdek tuyulgandir. Sizchi, nima deb o‘ylaysiz? Bu tizimni qo‘llash muammoni qanchalik hal qiladi-yu, yana qanday chalkashliklarni keltirib chiqaradi? Bunisi endi boshqa hikoya…
Manbalar:
→ droider.ru/post/pochemu-realnyj-razmer-pamyati-menshe-zayavlennoj-razbor-31-08-2021/
→ crucial.com/support/articles-faq-ssd/ssd-showing-smaller-than-advertised
→ integralmemory.com/faq1/why-does-my-usb-drive-show-less-capacity-than-stated-on-my-pc-or-mac/
Boshqa mavzular
Nega 128 GB aslida sal kamroq?