NEFTNI QAYTA ISHLASH
NEFTNI QAYTA ISHLASH — neftdan neft mahsulotlari (benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, mazut, moy, bitum, gudron, parafin va b.) olishda qoʻllanadigan texnologik usullar majmui. Neftni qayta ishlashda avval neft tarkibidagi suv, tuz va mexanik aralashmalardan tozalanadi, keyin uni stabillashtirish, yuqori haroratda bugʻlatib haydash, distillyatlarni tozalash, qoʻshimchalar qoʻshish va b. bajariladi. Neftni haydash usuli mil. av. maʼlum edi. Bu usul neftdan dori-darmon tayyorlash maqsadida qoʻllangan. Qad. yunon tabibi Kassiy Feliks va Abu Ali ibn Sino neftni haydashga oid tajribalar oʻtka-zishgan. Xorazm geografi Bakron (13-a.) Boku neftini haydash haqida birinchi boʻlib eslatib oʻtadi. 18-a. ga ke-lib neft konlarini qidirish va oʻrga-nish munosabati bilan neftni haydashga katta eʼtibor berildi. Neftni haydash lab. quriddi. 1823-y. da aka-uka Dubininlar Mozdok sh. yaqinida davriy ishlaydigan neftni haydash z-dini qurdilar. Ular kubga quyilgan 40 chelak neftdan 16 chelak haydalgan neft olganlar. Shu tariqa neftni haydash z-dlari taraqqiy eta boshladi.
Ensiklopediya.uz
NEFTNI QAYTA ISHLASH