NEFT SANOATI

NEFT SANOATI

NEFT SANOATIogʻir sanoat sohasi. Neft va gaz konlarini qidirish, kon quduqlari qazish, neft va neft bilan aralash chiqadigan gazni qazib olish, neft gazini qayta ishlash, neftni quvurlar orqali joʻnatishni oʻz ichiga oladi. Neft sanoati neft quduqlarini mexanik usulda qazishga oʻtilgan davrdan (AQSH, 1859) rivojlana boshladi, deb hisoblanadi. Rossiyada 1-neft qudugʻi Kubanda 1864-y. da qazilgan. Neft sanoati Kanadada 1862-y. dan, Venesuelada 1917-y. dan, Eronda 1908-y. dan paydo boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
NEFT SANOATI