NEFT KIMYOSI SANOATI

NEFT KIMYOSI SANOATI

NEFT KIMYOSI SANOATI — ogʻir sanoatning neft va tabiiy yonuvchi gazlarni kayta ishlash mahsulotlaridan, asosan, sunʼiy materiallar hamda buyumlar ishlab chiqaradigan tarmogʻi. Neft kimyosi sanoati korxonalarida sunʼiy kauchuk, asosiy organik sintez mahsulotlari (etilen, propilen, polietilen, sirt-aktiv moddalar, benzol, butadiyen, yuvish vositalari, baʼzi mineral oʻgʻitlar), qorakuya, rezina buyumlar (avto-pokrishkalar, rezina-texnika buyumlari va keng xalq isteʼmoli mollari), asbest-texnika buyumlari ishlab chiqa-riladi.

Ensiklopediya.uz
NEFT KIMYOSI SANOATI