NEFRON
NEFRON (yun. nephros — buyrak) — buyrak qilnaychalari; umurtqali hayvonlar va odam buyragining asosiy strukturaviy-funksional boʻlagi (elementi). Buyrak koptokchasi va undan tarmoqlanib chiquvchi buyrak kanalchalaridan tuzilgan. Nefronlar siydik hosil boʻlish jarayonida qondan moddalar al-mashinuvi mahsulotlarini chiqarib tashlaydi; birlamchi siydik tarkibidan suvning qonga qayta soʻrilishini taʼminlaydi; oqsil, suv-tuz, ishqoriykislotali muhitni idora qiladi, qon tarkibini boshqaradi. Har bir buyrakda taxm. 1 mln. Nefron boʻladi.
Ensiklopediya.uz
NEFRON