NEʼMATOVA

NEʼMATOVA

NEʼMATOVA Nazokat(1922.21.3 — Bu-xoro — 2002.31.1) — Oʻzbekiston xalq, artisti (1950). Sahna faoliyatini Buxo-ro yosh tomoshabinlar teatrida boshlagan (1938). 1941-y. dan Buxoro viloyat musiqali drama va komediya teatrida. Yokimli shirador ovozi (dramatik soprano) drama bilan bir qatorda musiqali dramalarda ham rang-barang lirik qaxramonlar obrazini yaratish imkonini bergan. Gulnor (Sh. Saʼdulla, xalq musiqasi, «Yoriltosh»), Layli (Xurshid; T. Sodiqov, R. Glier, «Layli va Majnun»), Zuhra (S. Abdulla; T. Jalilov, «Tohir va Zuxra»), Shirin (K. Yashin; Yu. Rajabiy, B. Nadejdin, «Farhod va Shirin»), Sanam (A. Bobojon; K. Otaniyozov, «Aziz va Sanam»), Sonni (B. Gargi; M. Ashra-fiy, «Mirza Izzat Hindistonda») kabi bosh qahramonlar siymosini gavdalantirgan. Dramalarda Jamila («Boy ila xizmatchi»), Guli («Alisher Navoiy»), Katerina («Momoqaldiroq») singari obrazlar yaratgan.

Ensiklopediya.uz
NEʼMATOVA