NAZZOM
NAZZOM (taxallusi; asl ismi Ibrohim bin Sayyor bin Xoniy) (?, Balx — taxm. 845) — arab faylasufi. Basrada taʼlim olgan. Koʻp asarlar yozgan, lekin ular bizgacha yetib kelmagan. Uning baʼzi falsafiy fikrlari bilan Abu Man-sur al-Bagʻdodiy, Shahristoniy, Azad-Din al-Ijiy, Nasriddin Tusiy va b. ning asarlari orqali tanishish mumkin. U yunon falsafasini yaxshi bilgan. Eron va Hindiston diniy va falsafiy taʼlimotlaridan xabordor boʻlgan. N. Sharqning yirik mutafakkiri, muʼtaziliylar tarafdori boʻlib, oʻz falsafiy maktabi — nazzomiylikni yaratgan. U erkin fikrni yoqlab chiqqan, anʼanaviy islomning baʼzi qoidalari bilan kelisha olmagan, diniy xurofotlarga, taqdir toʻgʻrisidagi aqidaga qarshi chiq-qan. N. Allohni vahdati vujud taʼli-moti asosida talqin qilgan. Uning fikricha, dunyodagi oʻzgarishlar moddiy zarralarning cheksiz harakati natijasida sodir boʻladi, moddiy dunyodagi jarayonlarga xudo aralashmaydi. Nazzom barcha masalalarni akl yordamida hal qilish tarafdori boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
NAZZOM