Nazira Rustamova Haqida to’liq malumot oling

Nazira Rustamova Haqida to’liq malumot oling

Bu ayol Nazira Rustamova bo’lib, u 1969 yilda Qozog’istonning Turkiston shahrida O’zbek millatiga mansub oilada tug’ilgan.
Mundarija скрыть

Nazira Rustamova to’rt yoshida noma’lum hastalikka uchrab tibbiyotda «Letargik» uyqu deb ataluvchi  uyquga ketgan.Bundan behabar bo’lgan shifokorlar esa uni o’lgan deb hisoblab ota onasiga topshirishgan.

Shundan keyin yaqinlari uni urf odatga ko’ra dafn etishgan.

 

O’sha kuni tunda bobosi Nazirani tushida ko’rib, bezovta bo’lgan.Ertasi kuni uni oila a’zolari qabrdan kovlab olishgan va mutaxasislarga ko’rsatish uchun poytaxtga olib borishgan. 

Shifokorlar uni ko’zdan kechirib o’lmaganligini faqat chuqur uyqu holatida ekanligini aniqlashgan.Shunday qilib Nazira Rustamovani ota onasi uni Toshkentga tog’asining uyiga olib borishgan va u  20 yoshigacha o’sha yerda «Letargik» uyquda bo’lgan.

 

Uyqudan uyg’ongach unda g’ayritabiiy hislatlar paydo bo’lgan.U o’zidagi qobilyat bilan insonlarni davolagan va bir necha tillarda gapira olgan.Shunday qobilyati orqali u tez orada «SSSR»da mashxur bo’lgan.

Nazira Rustamovaning aytishicha: 16 yillik uyqu davomida u mashxur olim hamda shoir Xo’ja Ahmad Yassaviyning o’n to’rtinchi avlodi ekanligini bilgan va o’sha kishining qo’l ostida diniy va dunyoviy bilimlarni o’rgangan.Ana shu o’rgangan bilimlari orqali u o’zida shunday qobilyatlar paydo bo’lgan deb hisoblagan.

nazira rustamova haqida 1

Nazira Rustamova Haqida

 

Keyinchalik uning o’ziga hos hislatlarini aniqlash maqsadida Moskvaga olib ketishgan va bir nechta tekshiruvlardan o’tkazishgan.Oradan bir necha yil o’tib u Moskvaga qaytib borgan hamda ektrasens sifatida davlat amaldorlarini davolagan.

SSSR parchalanib ketgandan keyin esa Nazira Rustamova yana o’z vataniga qaytib kelgan.

 

Uyiga qaytgacha ham u ekstasens sifatida bemorlarni davolab yurgan.Keyinroq u Rossiyaga ko’chib borgan va o’sha yerda o’z faoliyatini davom ettirgan.

Bugungi kunda 50 yoshdagi Nazira Rustamova yolqiz qizi bilan Moskvada istiqomat qiladi.

Biografiya
Nazira Rustamova Haqida