NAXICHEVAN
NAXICHEVAN — Ozarbayjondagi sha-har. Naxichevan Muxtor Respublikasi poytaxti. Naxichevanchayning (Araks ir-mogʻi) oʻng sohilida. T. y. stansiyasi. Avtomobil yoʻllari tuguni, aeroport bor. Aholisi 61,7 ming kishi (1990y. lar oʻrtalari). Oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari, elektrotexnika, radiotexnika z-dlari, mebel f-kasi bor, qurilish materiallari ishlab chiqariladi, tosh tuzi qazib olinadi. Universitet, Ozarbayjon FAning ilmiy markazi, teatr, tarix, adabiyot muzeylari, suratlar galereyasi mavjud. Naxichevan mil. av. 6-a. larda vujudga kelgan. 11-a. da Saljuqiylar davlati markazi, 12-a. da Eldegizilar davlati poytaxti, 1828-y. dan Rossiya imperiyasi, 1923-y. dan Ozarbayjon tarkibida, 1924-y. 9 fev. dan Naxichevan Muxtor Respublikasi poytaxti. Shaharda Ozarbayjon meʼmorligi yodgorliklaridan Yusuf Ibn Qusayir va Moʻmina xotun makbaralari (12-a.) saqlangan.
Ensiklopediya.uz
NAXICHEVAN