Navruz bayramiga she’rlar
Hademay Navro‘zdir, hademay Navro‘z! Hademay nastarin gullaydi bodrab, Hademay qaldirg‘och keladi qaytib, Hademay lolalar bo‘sadek titrab, Mening bir kunim ham kun deb Qish nochor, Navro‘z qo‘shig‘i Bahorni bilmagan ellarni ko‘rdim, Chuchmoma chayqalib, chalar qo‘ng‘iroq, Mehmonni chorlaydi sumalaklaring, Ey, kafti qadog‘u ko‘ngli yumshoq el, Muqaddas yering bor, qutlug‘ osmon bor,
DO`STLARGA ULASHING:
Osmonga hushimni eltib ifori.
Quyoshli shudringlar tushar ertalab.
Yuvib dillardagi qishning g‘uborin.
O‘rik shohlarida bo‘rtar dovuchcha,
Turnalar azaliy qo‘shig‘in aytib,
Sumalak pishadi tong otgunicha.
Tog‘lar viqoriga munis boqarlar,
Yana necha-necha oshiqlar yig‘lab,
Bir-birin bag‘rida gulhan yoqarlar.
Ketolmay qor sepib turadi hanuz,
Bir kuy yaraladi,Quyosh bastakor,
Hademay Navro‘zdir, hademay Navro‘z!
Bir chechak kulmagan yerlarni ko‘rdim.
O‘zingni sog‘inib keladi navro‘z,
Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,
O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.
Hayot hidin sochar uyg‘ongan tuproq,
Ildiz suvratini chizadi chaqmoq,
Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,
O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.
Qizlaring bog‘laydi jamalaklarin.
Saodatga ko‘prik kamalaklaring,
Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,
O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.
Quyoshda qoraygan, yuragi oq el,
Duoga qo‘l ochgan, tilagi oq el,
Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,
O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.
Suyangan tog‘ing bor, dilda iymon bor.
Ulug‘ bog‘istonga buyuk bog‘bon bor,
Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,
O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.
Navruz bayramiga she’rlar