Navro’zing muborak O’zbekistonim
Navro’zing muborak O’zbekistonim Assalom fasli bahor, assalom ey ahli davra Xushu xursandlik bugun, yangraydi shodiyona Marhabo ey azizlar, xush kelibsiz davramizga Bahor va shodlik ayyomi – Yangi kun muborak sizga Avval yuragingga mo’ralaydi u So’ngra kurtaklarga o’rgatadi so’z Zaminning ko’zidan qochadi uyqu Demak, bahor keldi, kelmoqda Navro’z Serquyosh yurtimiz mustaqillikka erishgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida katta o’zgarishlar yuz bera boshladi. Avvalo, bu xalqimizning tarixan uzoq yillik milliy turmush va tafakkur mahsuli bo’lgan an’ana va urf – odatlari, ma’naviy qadriyatlari tiklanganligida namoyon bo’lmoqda. Haqiqiy o’zbekona urf – odatlarimizning hayotdan o’rin olayotgani, qadriyatlarimizning o’z mavqeini topayotgani ham shuning boisidir. O’zbek o’zligiga ishona boshladi. Quloq tutib maysa ohiga Malham qo’ygan ko’ngil dog’iga Hijron yoqqan o’rik shoxiga, Oq ro’molin otgan kelinchak Salom Navro’z! Assalom Navro’z! Ma’naviy boyligimiz bo’lgan Navro’z va hayitlarning tiklanganligi juda savobli ish bo’ldi. Kattalarga hurmat, oila va farzandlar to’g’risida g’amxo’rlik qilish, ochiqko’ngillilik, odamlarga xayrixoxlik bilan munosabatda bo’lish, o’zgalar kulfatiga hamdardlik va o’zaro yordam tuyg’usi xalqimizga xosdir Ana shu yasharish, go’zallik, nafosat bayrami Navro’zi olam bilan barchangizni chin yurakdan muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sog’lik, ishlaringizda omad, zafarlar tilaymiz Bu tong egnida atlasdan ko’ylak Shafaqqa o’ralgan qizlarday gulgun Ilk bora ko’z ochib chiqqan boychechak Sanamlar qo’lida intizor bu kun Xush kelibsan bahorim Bu diyorga marhabo Shuhrati olamga ketgan Gul diyorga marhabo! Bahoroy: Assalomu – alaykum meni intiq bo’lib kutgan azizlarim, mehribonlarim. Barchangizga qorli tog’lardan, qir – adirlardan, keng dalalaru, chaman bog’lardan salom keltirdim. Sizlarni shodlik va mehnat bayrami, nafosat va go’zallik ayyomi Navro’zi olam bilan chin qalbimdan tabriklayman va huzuringizga Navro’zoyni chorlayman. Quyosh tegrasida aylani falak Tabiat bezanib misli kelinchak Bugun yuz ochibdi turfa xil chechak Yana tenglashibdi kecha va kunduz Ko’kda nur taratar yarqirab yulduz Lablarda tabassum, aytib shirin so’z Navro’zoy: Salom mening qadrdonlarim! Ollohga shukronalar bo’lsin siz – la diydor nasib etganiga mana 4 000 yil bo’lyapti, silzar bilan birgaman. Mustaqillik sharofati bilan men qad rostladim, bugun esa ezgulik va poklanish bayrami bilan sizni qutlash baxtidan mamnunman Bahoroy: Dimoqqa yalpizlar nafasi urar Yurakda muattar chechaklar kular Bir suluv kelinchak salomga kelar Qadaming qutlug’ bo’lsin, aziz mehmonim Navro’zoy: Istiqlol tongida dillar chulg’ondi Yuraklar to’lg’onib, dillar uyg’ondi Navro’z navolari jonni yayratib Ona yurt og’ushi dilga burkandi Hurlik Navro’zida aytingiz alyor Alyorlarga jo’r bo’lsin so’z ila ash’or Navro’z — bahor bayrami. O’lkamizda bahor – yilimiz o’z umrini yangidan boshlaydi. Yurt soya – salqin bo’lsin, o’tgan – ketganlar rohatlansin deb, navro’zgacha yo’llarga ko’chat, bolalarga atab hovli va bog’larda meva nihollari ekiladi. Ko’chalar tozalanib, ariqlar qaziladi. Hammyoq supurib sidiriladi. Navro’zga atab yoshlar rang – barang kiyimlar tikadilar. Qariyalarga sarpo tayyorlanadi. Navro’z uchun uzum, qovun, olma kabi yoz mevalari saqlangan bo’ladi. Shinni, qiyomlardan tashqari, turli qandolatlar, sumalak pishiriladi. Tadbirimiz tugadi, diqqat e’tiboringiz uchun rahmat xayrDO`STLARGA ULASHING:
Bahoroy kirib keladi
Bayram urf – odatlari
Qo’shiq va raqs: Bahorim mening!
Navro’zing muborak O’zbekistonim