Navro‘zim (bolalar uchun sher) to’liq malumot oling

Navro‘zim (bolalar uchun sher) to’liq malumot oling

Navro‘zim

Yerda shamol o‘rmalar,

Ko‘kda uchar turnalar.

Qir-adir-u, dala-dasht,

Kamalakday turlanar,

To‘ymaydi boqib ko‘zim,

Xush kel, bahor, Navro‘zim!

Qishni yengib chiqqan gul,

Hayot darsin uqqan gul.

Men bilaman, biz uchun

Seni quyosh tuqqan, gul!

Boychechagim – boy ro‘zim,

Xush kel, bahor, Navro‘zim!

Yeng shimarib, bel boylab,

Raqibni obdon poylab,

Kurash tushar bolakay

Poy-poylab, goh “hoy-hoy”lab.

Manglay to‘la yulduzim,

Xush kel, bahor, Navro‘zim!

O‘choqqa o‘t yoqqan qiz,

Jamalaklar taqqan qiz.

Sumalakka tosh tashlab,

Kulibgina boqqan qiz.

O, singlim, qaro ko‘zim,

Xush kel, bahor, Navro‘zim!

Oq terakmi, ko‘k terak,

Bizdan sizga ne kerak?

Qizg‘aldoq yo chuchmoma,

Yasab beraymi varrak?

Kulgi to‘la, shod yuzim,

Xush kel, bahor, Navro‘zim!

Bahodir HALIMOV

manba:gulxan.uz

Sherlar
Navro‘zim (bolalar uchun sher)