Navro‘z qo‘shig‘i, Navroz bayarmi haqida qo`shiq
Navro‘z qo‘shig‘i Bahorni bilmagan ellarni ko‘rdim, Chuchmoma chayqalib, chalar qo‘ng‘iroq, Mehmonni chorlaydi sumalaklaring, Ey, kafti qadog‘u ko‘ngli yumshoq el, Muqaddas yering bor, qutlug‘ osmon bor,
DO`STLARGA ULASHING:
Bir chechak kulmagan yerlarni ko‘rdim.
O‘zingni sog‘inib keladi navro‘z,
Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,
O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.
Hayot hidin sochar uyg‘ongan tuproq,
Ildiz suvratini chizadi chaqmoq,
Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,
O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.
Qizlaring bog‘laydi jamalaklarin.
Saodatga ko‘prik kamalaklaring,
Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,
O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.
Quyoshda qoraygan, yuragi oq el,
Duoga qo‘l ochgan, tilagi oq el,
Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,
O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.
Suyangan tog‘ing bor, dilda iymon bor.
Ulug‘ bog‘istonga buyuk bog‘bon bor,
Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,
O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.
Navro‘z qo‘shig‘i, Navroz bayarmi haqida qo`shiq