Navro’z haqida she’rlar. Kichik guruh uchun. to’liq malumot oling

Navro’z haqida she’rlar. Kichik guruh uchun. to’liq malumot oling

Navro’z haqida she’rlar. Kichik guruh uchun.

Keldi navro’z.

Salom ey navro’zim,

Senga bugun dil so’zim,

Quvonch berib dilimga,

Xush kelibsan elimga.

Keldi navro’zi olam,

Ochildi gul lolam.

Ekilar gulu archa,

Shirin so’z bugun barcha.

✍️: Islomova Mukambar

Navro’z.

Bugun bizga ochib yuz,

Kirib keldi navro’z.

Turdik biz azonda,

Sumalak qozonda.

Har yili navro’z kelsa,

Oyin yopadi somsa,

Somsalar biram shirin

Oyijon ayting sirin.

✍️: Islomova Mukambar

Bahor.

Bahor keldi,

Gul ochildi.

Quyosh kuldi,

Nur sochildi.

Taqdim bugun gulchambar,

Bugun keldi gul bahor,

Ochildi gul lolalar,

Terib oling bolalar.

Sherlar
Navro’z haqida she’rlar. Kichik guruh uchun.