Navro’z haqida she’rlar – bolalar uchun va katta yoshdagi bolalar uchun
21 mart Navro’z haqida she’rlar to’plamimiz bilan tanishishingizga taklif etamiz. Bolajonlarni eng yoqtiradigan bayram bu shubhasiz Naro’z bayramidir. Farzandlarimiz bu bayramni she’rlar yodlab aytish, qo’shiq kuylash, bayram sayllariga chiqib nishinlashadi. Maktab va bog’chalarda bayramga tayorgarlik chog’ida albatta Navro’z haqida she’rlar ham yodlashga beriladi. Quvnoq Bola bolalar uchun sayti sizlarga Navro’z ayomiga bag’ishlangan she’rladan namunalar taqdim etadi. Navroʻz – yashnash, yasharish bayrami, tabiatning uygʻonishi bilan bogʻliq yangi kunning boshlanishidir. „Navroʻz“ soʻzi forschadan tarjima qilinganda, „yangi kun“ maʼnosini beradi. Navro‘zda tinchlik va birdamlik, totuvlik va qo‘shnichilik kabi ulug‘ qadriyatlar ilgari surilgan. 21-mart kecha va kunduz tenglashgan kun – Yangi yil, yani Navroʻz bayrami sifatida Sharq xalqlari tomonidan keng nishonlanadi. U dehqon uchun ekin-tikin ishlarining boshlanish pallasi hisoblanadi. Ota-bobolarimiz, buvi-momolarimiz bu bayramni nishonlab, turli-tuman, rang-barang udum va marosimlar oʻtkazishgan. Qadimda ajdodlarimiz Navroʻz kunlari qishki manzillari – qishloqlardan yozgi mehnat va hordiq maskanlariga koʻchib oʻtishgan. Dalalarda bahorgi ekin-tikin ishlari boshlanib ketgan. Hademay nastarin gullaydi bodrab, Osmonga hushimni eltib ifori. Quyoshli shudringlar tushar ertalab. Yuvib dillardagi qishning g‘uborin. Hademay qaldirg‘och keladi qaytib, O‘rik shohlarida bo‘rtar dovuchcha, Turnalar azaliy qo‘shig‘in aytib, Sumalak pishadi tong otgunicha. Hademay lolalar bo‘sadek titrab, Tog‘lar viqoriga munis boqarlar, Yana necha-necha oshiqlar yig‘lab, Bir-birin bag‘rida gulhan yoqarlar. Mening bir kunim ham kun deb Qish nochor, Ketolmay qor sepib turadi hanuz, Bir kuy yaraladi,Quyosh bastakor, Hademay Navro‘zdir, hademay Navro‘z! Aylabon lutf-u karam, Navro’zi olam keldilar. O’smadan qo’shi qalam, Navro’zi olam keldilar. Bir ajib his uyg’otib, Irmoqlarning xonishi. Kuylashib savtu ajam, Navro’zi olam keldilar! Tarixing ta’rifing dillarda doston, Quyosb charaqlaydi moviydir osmon. Hofiz qo’shiq aytar raqs etar jahon Navro’zjon bu yilga kelishing boshqa. Bir yon katta kurash Bir yon kop kari, Askiya aytishuv o’lanlar bari Sevinchbag’ishlaydi keksayu-yoshga Navro’zjon bu yilga kelishing boshqa. Qushchalarning sayrog’i, Maysalarning bayrog’i Menga bunda tanishdir, Dilda madhi xonishdir. To’lg’anadi dalalar, Cho’g’lanadi lolalar. Qaldirg’ichlar saflanar, Ko’kda quyosh taftlanar. Nurga to’lar hovuchim, Tingla bahor, tovushim! Bugun shodiyona Navro’zi olam, Orziqib kutilgan navbahor to’yi! Assalom yangi yil! Assalom bayram! Senga atalgusi yuraklar kuyi. Bugun Navro’z bayrami, Zo’r tantana, hamma shod. Ona yurtda quvnaymiz, Baxtiyormiz umrbod. Navro’z keldi yurtimga, Dalalarga shoshaylik. Keling, do’stlar, barchamiz, Kuy, qo’shiqlar kuylaylik. Yurtim! Ilhomimga sarchashma o’zing, Birdek aziz menga yozing, ham kuzing. Bu kun bahoringga she’r aytmoqchiman, Vatanim, muborak bo’lsin Naro’zing. Boshingda hurriyat quyoshing bordir, O’z tug’ro, bayrog’ing, yurtdoshing bordir. Maqsading, g’ayrating, bardoshing bordir, Vatanim, muborak bo’lsin Navro’zing. Manba:quvnoqbola.com
DO`STLARGA ULASHING:
TINGLA BAHOR
Bugun shodiyona
Navro’z haqida she’rlar – bolalar uchun va katta yoshdagi bolalar uchun