Navoiy yaratgan kuylar to’liq malumot oling

Navoiy yaratgan kuylar to’liq malumot oling

Xondamir “Xulosat ul-axbor”da, Bobur “Boburnoma”da, Mutribiy “Nusxayi zeboyi Jahongir”da Alisher Navoiy musiqa ilmining bilimdoni boʻlgani, tevaragidagilarni ham soz ilmini oʻrganishga chorlagani, musiqalar bastalagani haqida aytiladi. Biroq bu asarlarda Navoiy aynan qanday musiqalarni ijod etgani haqida aniq maʼlumot yoʻq.

Buyuk shoirning kuylaridan baʼzilari hozirgacha yetib kelgan, degan taxmin bor. Jumladan, Abdurauf Fitrat “Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi” kitobida “Qari Navo” yoki “Qari Navoiy” kuyi haqida yozadi: “Bu kuyning juda eski bir kuy ekani har tomonda soʻylanib turur. Eshitganimizga koʻra, Fargʻonada ham “Qari Navoiy” ismli eski bir kuy bor. Toshkent musiqachilari bu kuyni “Qari Navo” derlar. Biroq bu ism yanglishdir. Alar shul “Qari Navoiy” ismini buzib olgʻanlar. Buxoroning eski musiqashunoslarining orasida bu kuy Navoiy asari boʻlgʻoni soʻylanadir. Mana shu maʼlumotlardan soʻng “Qari Navoiy” kuyining Alisher Navoiy asari boʻlgʻani ehtimoli kuchlanib qoladir”.

Bu kuy bilan aytiladigan “Shoda-shoda marvarid” qoʻshigʻi juda mashhur. Oʻynoqi, shoʻxchan bu kuy keyinchalik xalq qoʻshigʻi uchun ishlatilgan boʻlishi mumkin.

Orif Tolib

tayyorladi.

 

“Yoshlik” jurnalining 2017 yil 6-sonida chop etilgan.

Boshqa mavzular
Navoiy yaratgan kuylar