NAVOIY TUMANI

NAVOIY TUMANI

NAVOIY TUMANINavoiy viloyatidagi tuman (1926—58 y. larda Karmana, 1962-y. dan hoz. nomda. 1980-y. da Navoiy tumanidan Navbahor tumani ajralib chiqqan. 1988-y. da qayta qoʻshilgan, 1992-y. da yana ajralgan). 1999-y. da Karmana sh. Navoiy sh. tarkibiga qoʻshilganligi munosabati b-n, tuman markazi Malikrabot shaharchasiga koʻchirildi. Navoiy tumani Zarafshon daryosining chap sohilida joylashgan. Shim. dan Navbahor tumani, gʻarbdan Qiziltepa tumani, sharkdan Samarqand viloyatining Paxtachi tumani, jan. dan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 0,95 ming km2. Aholisi 69,5 ming kishi (2003). Tumanda 6 qishloq fuqarolar yigʻini (Doʻrmon, Jaloyir, Narpay, Uyrat, Yangiariq, Hazora), 1 shaharcha (Malikrabot) bor.

Ensiklopediya.uz
NAVOIY TUMANI