Navoiy bobomiz tavalludining 582-yilligi hamda Bobur bobomiz tavalludini 540-yilligiga bag‘ishlanadi.

Navoiy bobomiz tavalludining 582-yilligi hamda Bobur bobomiz tavalludini 540-yilligiga bag‘ishlanadi.
navoiy bobomiz tavalludining 582 yilligi hamda bobur bobomiz tavalludini 540 yilligiga bagishlanadi 65ca84c93ee67

photo 2023 02 02 22 23 33

Navoiy bobomiz tavalludining 582-yilligi hamda Bobur bobomiz tavalludini 540-yilligiga bag‘ishlanadi.

DO`STLARGA ULASHING:

Ushbu she’rim Navoiy bobomiz tavalludining 582-yilligi hamda Bobur bobomiz tavalludini 540-yilligiga bag‘ishlanadi.

Qalbimizda yashar abadiy

Olamda hurmatga bo‘lgan sazovor,
Navoiy hamda Bobur bobomlar.
Dillarga ibrat shonli yo‘llari,
Baxsh etgan abadiy beg‘ubor damlar.

Navoiyni ikki bayt yozgan she’riga,
Lutfiy bobom ham qolgan hayratda,
Millat iftixori el buyuklari,
Bo‘lishgan o‘yg‘oq, doim g‘ayratda.

Ezgu ishlarining yo‘qdir poyoni,
Mehr-la yashnatgan ular dunyoni.
Xalqim ham unutmas yonib yashagan,
El faxri Navoiy Bobur bobomni.

Qay yurtga borsa, qilib guliston,
Ma’naviyat quyoshi bo‘lgan insonlar,
Sabr matonatda olamga saboq,
Mangu yuraklarda o‘chmagay shonlar.

Dunyo mo‘jizasi Toji Mahalni,
Unutmas olam Navoiy «Xamsa» sin,
Ko‘p insonlar o‘qib hikmat olishgan,
Ta’rifi yo‘q bobom «Boburnoma»sin.

Go‘zallik taratar mushoira oyi,
O‘lmas fevralning nafis chiroyi.
Jo‘shqin asarlari saodatga chorlar,
Faxrimiz Shoh Bobur, ulug‘ Navoiy,

Baxtiyor Yo‘ldoshev
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

Navoiy bobomiz tavalludining 582-yilligi hamda Bobur bobomiz tavalludini 540-yilligiga bag‘ishlanadi.