NAVIGATSIYA
NAVIGATSIYA (lot. navigo — kemada suzaman) — 1) kemalarda suzish, uchish apparatlarida uchish; kemalarni (dengiz N. si), uchish apparatlari — samolyot, vertolyot va b. ni (havo N. si), kosmik apparatlar — kosmik kemalarni (kosmik Navigatsiya) boshqarishning nazariy asoslari va amaliy usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan fan. Asosiy vazifalari: eng xavfsiz va qulay yoʻlni (kureni) tanlash; N. asboblari yordamida xarakat yoʻnalishi va oʻtgan yoʻlni aniqlash; apparatlarni boshqarish uchun eng qulay xaritafafik proyeksiyalarni oʻrganish va tanlash; N. ma-salalarini analitik va grafik usullarda yechish; apparatning tanlangan yoʻldan ogʻishiga sabab boʻladigan tashqi omillarni hisobga olish; sunʼiy yoʻldoshlar va Yerdagi nishonlar yordamida apparat oʻrnini aniklash hamda bu maʼlumotlarning anikligini tekshirish. Navigatsiyaning vazifalari geodeziya, xaritagrafiya, gidrografiya, okeanologiya va meteorologiya usullaridan foydalanib hal etiladi.
Ensiklopediya.uz
NAVIGATSIYA